UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Fir’avn: «Ey, odamlar! Men sizlar uchun o‘zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon! Loyni pishirib, (g‘isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil! Shoyadki, men (uning ustiga chiqib) Musoning ilohini qo‘rsam. Men uni yolg‘onchilardan deb o‘ylamoqdaman», - dedi. («Qasas» surasi, 38-oyat)

Homon degan ism Misr ierogliflari XIX asrda tushunarli tilga o‘girilmaguncha noma’lum bo‘lib keldi. Ierogliflar tushunarli tilga o‘girilganda Homon Fir’avnning yaqin yordamchisi va «tosh qazuvchilarning boshlig‘i» bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Bu yerda ahamiyatga molik ma’lumot shundaki, Homon Fir’avnning amriga binoan qurilish ishlarini yuritgan shaxs sifatida Qur’onda qayd etilgan. Bu o‘sha paytda biror kishining bilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumot Qur’onda berilgan, degan ma’noni hamda uning diqqatga sazovor ekanligini anglatadi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo‘ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz o‘giruvchidirlar. («Anbiyo» surasi, 32-oyat)

Osmonning bu xususiyati XX asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlandi: Yerni o‘rab turgan atmosfera hayotning davom etishi uchun ahamiyatli funksiyalarni bajaradi. U Yerga yaqinlashib kelgan ko‘plab katta-kichik meteoritlarni yo‘q qilib, ularning Yerga qulab tushishini bartaraf qiladi va mavjudotlarga zarar yetkazishning oldini oladi.

Bundan tashqari, atmosfera jonzotlarga zararli bo‘lgan, kosmosdan kirib keluvchi yorug‘lik nurlanishlarini filtrlaydi. Atmosferadagi bu funksiyaning eng hayratga qoldiradigan jihati shundaki, u faqatgina xavfsiz va foydali nurlarni ko‘rinadigan yorug‘lik, ultrabinafshaga yaqin bo‘lgan nur va radioto‘lqinlarni o‘tkazadi. Bu radiatsiyalarning barchasi hayot uchun zaruriydir.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Agar kerakli ishlarni qilib keraksizlaridan [ayniqsa keraksiz xarajatlardan] voz kechsak, ayollarimiz mardikordek ishlashlariga hojat qolmaydi...

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan va yorilguvchi Yer bilanki ... («Toriq» surasi, 11-12-oyatlar)

Yuqorida berilgan oyatdagi arabcha «sad’» so‘zi «yormoq, yoriq hosil qilmoq, darz ketmoq, qismlarga bo‘lmoq» ma’nolarini anglatadi. Alloh Qur’ondagi xuddi boshqa ilmiy mo‘jizalaridagidek bu oyatda ham Yerning yorig‘i bilan qasamyod qilib, muhim bir hodisani nazarda tutmoqda. 1945-1946 yillarda olimlar mineral resurslarni o‘rganish maqsadida birinchi marta dengiz va okeanlarning chuqurliklariga tushishdi. Bu tadqiqotdan ma’lum bo‘lgan eng muhim dalillardan biri Yerning darz ketgan, siniq strukturasi bo‘ldi. Yerning tashqi yuzasidagi tog‘ jinsli qatlam shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon o‘n minglab kilometr uzunlikdagi juda ko‘p sonli yoriqlar bilan bo‘linib ketgan edi. Shu bilan birga, olimlar dengizning tagida 100-150 km magma bo‘lganligini ham aniqlashdi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan. («Toriq» surasi, 11oyat)

Yerdan 13-15 kilometr (8-9,3 milya) balandlikda bo‘lgan troposfera Yer yuzidan ko‘tariladigan suv bug‘larini suyultirib, orqaga yomg‘ir qilib jo‘natadi. Yerdan 25 kilometr (15,5 milya) balandlikdagi stratosferaning quyi qatlami bo‘lgan ozon qatlami kosmosdan kelayotgan zararli radiatsiyalar hamda ultrabinafsha nurlarni aks ettirib, har ikkalasini ham qaytarib kosmosga jo‘natadi.

Ionosfera Yerdan uzatiladigan radioto‘lqinlarni, xuddi passiv aloqa tizimi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar kabi aks ettirib, dunyoning turli burchaklariga qaytaradi. Shu yo‘sinda, u elektr simisiz aloqa, radio va televizion eshittirishlarni juda uzoq masofalarga yetkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Magnitosfera qatlami Quyosh va boshqa yulduzlardan chiqadigan zararli radioaktiv zarralarni Yerga yetib kelmasidanoq kosmosga qaytarib yuboradi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group