Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan va yorilguvchi Yer bilanki ... («Toriq» surasi, 11-12-oyatlar)
Yuqorida berilgan oyatdagi arabcha «sad’» so‘zi «yormoq, yoriq hosil qilmoq, darz ketmoq, qismlarga bo‘lmoq» ma’nolarini anglatadi. Alloh Qur’ondagi xuddi boshqa ilmiy mo‘jizalaridagidek bu oyatda ham Yerning yorig‘i bilan qasamyod qilib, muhim bir hodisani nazarda tutmoqda. 1945-1946 yillarda olimlar mineral resurslarni o‘rganish maqsadida birinchi marta dengiz va okeanlarning chuqurliklariga tushishdi. Bu tadqiqotdan ma’lum bo‘lgan eng muhim dalillardan biri Yerning darz ketgan, siniq strukturasi bo‘ldi. Yerning tashqi yuzasidagi tog‘ jinsli qatlam shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga tomon o‘n minglab kilometr uzunlikdagi juda ko‘p sonli yoriqlar bilan bo‘linib ketgan edi. Shu bilan birga, olimlar dengizning tagida 100-150 km magma bo‘lganligini ham aniqlashdi.