UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Toliba

Translation is not possible.

#mulohaza

Oʻris boʻldik rusdan Ziyoda

Muslim boʻldik arabdan ortiq

Birni topsak yorugʻ dunyoda

Oʻn karrani qilamiz tortiq

Ichdik,Chekdik, Shoʻro yurtida

Oʻzdik barcha ogʻalardan ham

Yuzsizlikda oshmasak boʻldi

Ovroʻpalik togʻalardan ham...

© Erkin Vohidov.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Millatni yoʻq qilmoqchimisan ?

Uning ayollarining tarbiyasini buz !

Ushbu jumlalar Qadimgi Yunon faylasufi Suqrotga tegishli. Bir paytlar Yevropada qudratli kuchga ega boʻlgan va hatto Yunonistonni ishgʻol qilgan Sparta davlati abadiy yengib boʻlmas mamlakat sifatida koʻriladi. Bu qudratli davlatni har bir er oʻgʻloni bor ediki jang maydonida oxirgi qoni qolguncha arslon kabi olishardi. Ularni goʻyo jang maydonida yengish imkonsiz edi. Hatto boshqa davlatga yurishga ketayotgan qoʻshin ham Sparta chegarasini aylanib oʻtgan. Qadimdan makkorligi bilan koʻp davlatlarni qulatgan Rimliklar ana shu yengib boʻlmas saltanatni qulatish uchun koʻp yillar harakat qilishadi va oxirida Yunon faylasufi Suqrotning "Millatni yoʻq qilmoqchimisan,Uning ayollarining tarbiyasini buz" iborasidan puxtalik bilan foydalanishadi. Dastlab Rimliklar Sparta bilan doʻstlik aloqalarini oʻrnatishadi va ularga oʻzlarining savdo karvonini joʻnatishadi. Bu paytda Sparta aholisi dehqonchilik bilan shugʻullanar, erkaklari doimiy janglarda boʻlganligi sababli odatda ayollar dehqonchilik ishlari bilan band boʻlar edi. Asta sekin Sparta ichkarisiga kirib kelgan Rim savdogarlari qishloq ayollarini qimmatbaho buyumlar, gazlamalar bilan qiziqtirishni boshladi. Albatta bu chiroyli buyumlarni sotib olish uchun ularga oltin kerak edi. Bora-bora janglardan uyiga qaytayotgan erlardan ayollar jangdan oltin bilan qaytishni talab qila boshladi. Ilgari VATANI , OR-NOMUSI uchun

soʻnggi qoni qolguncha olishgan millatning er yigitlari endi jangga oltin uchun kiradigan boʻldi. Ular jangdan oltinsiz qaytishni istamas, qaytganlarini uyida ming malomatlar kutib turardi. Birinchi bosqich amalga oshgach , Rimliklar endi ikkinchi bosqichga oʻtishdi. Ular savdo karvoni orqali endi qullarni ham olib kelib Spartada sotishni yoʻlga qoʻyishdi. Yil oʻn ikki oy dalada ishlaydigan ayollarga bu ishlarni qullarga qildirish mumkinligi , oʻzlari uyda rohat-farogʻatda yashashlari asta-sekinlik bilan singdirildi. Vaqt oʻtib ayollar hamma ishlarni qullariga qildiradigan va har bir Spartalikning uyida qul boʻlishi urfga aylandi. Shundan keyin erkaklari doimiy janglarda yurgan Sparta ayollariga qullari bilan yashirincha ishqiy munosabatlar qurish kabi yod gʻoyalar faol Feministkalar tomonidan singdirila boshlandi. Bu ishlar boshida erlardan yashirincha tutilardi toki Sparta malikasining oʻz quli bilan ishqiy munosabati maʼlum boʻlmaguncha. Oʻshanda hukumdor oʻsha qulni qatl qildirib Malikani jazosiz qoldirgandi. Shu voqeadan keyin ayollar endi erlaridan qoʻrqmaydigan va bu ishlarini sir tutmaydigan odat chiqardi. Gʻururi singgan erkaklar endi ilgargidek jang maydonida oʻlishni istamas, ular himoya qiladigan orqalarida qadrliroq hech narsa qolmagandi.

Oxirgi bor Rim qoʻshinlari Spartaga bostirib kirganda qarshilarida gʻururi singgan bir toʻda qoʻrqoqlar turardi. Ilgari jang maydonida sherdek olishgan Spartaliklar bu safar jangning 1-qismidan jang maydonini tashlab qochishdi.

Shu bilan bu qudratli davlat yer yuzidan batamom yoʻq boʻlib ketdi. Erka-tayloq Sparta ayollari esa Rim bozorlariga qul qilib olib ketildi.

*********

Bu gʻoyalar qoʻllanila boshlanganiga ming yillardan oshdi. Tarix charxpalagi takrorlanib boraverarkan yangi- yangi gʻoyalar vujudga kelaveradi. Insoniyat yaralibdiki hayot uchun kurash davom etadi va

Unutmang ming yillar oldingi bu gʻoyalar hozir ham qoʻllanilyapti , faqat yangicha koʻrinishlarda , Juda ochiq tarzda!!!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Al-Masjid Al-Aqso.

Al-Masjid Al-Aqso (arabcha "uzoqdagi masjid")

FALASTIN davlati hududidagi Quddus shahrida joylashgan. Al-Masjid Al-Harom va Al-Masjid Al-Nabaviyalardan keyin 3-muqaddas masjid hisoblanadi. Qurʼoni Karimda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining aʼzolari Al-Aqso tomonga qarab ibodat qilganlar. 624-yilda Makkadagi Kaʼba qibla deb eʼlon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish toʻxtatilgan.

Keyinchalik VII-asr oxiri VIII-asr boshida xalifa Abd Al-Malik tomonidan bu yer Haram ash-Sharif deb atalgan.

Al-Aqso masjidi Sharqiy koʻrinishi:

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

😊❤️☪️

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group