OXIRGI KUN...
O‘tib borar o‘ttizinchi kun,
Eshitilar shom uchun azon.
Alvido, deyishga qo‘rqaman,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon...
Yelkanlari ufqqa sho‘ng‘igan
Manzarani eslatgan kabi
Qaylargadir savob ko‘tarib
Suzib borar umr markabi.
Men orolda qolayotgan o‘y —
O‘sha ertakdagi Robinzon...
O‘n bir oylik yolg‘izligim qo‘y,
Seni kutmoq — sharaf, Ramazon!
Bittadan yoz, ham qishu bahor
O‘tkazamiz, xo‘p, mayli, degin.
Suyukligim, lekin va’da ber -
Men sho‘rlikni sog‘inib kelgin.
Yelkanlaring xilpillat mahzun,
Ol mendanam ko‘p-ko‘p xavotir.
Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,
Yo‘qligingda ne ishlar sodir...
Sen kelasan, gullar bu maskan
Voqif bo‘lib azaliy sirdan.
O‘n bir oyda dilimni ezgan
Gunohlarim kuyadi birdan.
Unutilar ortdagi zahmat,
Peshonamda rahmat terlari.
Ko‘z yoshlardan qolarmikan-yey
Yurakning vahm, mavhum kirlari?!
Sog‘inching-la but bugun yurak —
Takror-takror vaslingga yetish
Va qo‘shimcha birgina tilak:
Bu oroldan sen bilan ketish!!!"
Ko‘nglim endi tamomiyla to‘q,
Tugab qoldi shomga ham azon -
Lug‘atimda xayr so‘zi yo‘q,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon!
Alvido, deyishga qo‘rqaman...
OXIRGI KUN...
O‘tib borar o‘ttizinchi kun,
Eshitilar shom uchun azon.
Alvido, deyishga qo‘rqaman,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon...
Yelkanlari ufqqa sho‘ng‘igan
Manzarani eslatgan kabi
Qaylargadir savob ko‘tarib
Suzib borar umr markabi.
Men orolda qolayotgan o‘y —
O‘sha ertakdagi Robinzon...
O‘n bir oylik yolg‘izligim qo‘y,
Seni kutmoq — sharaf, Ramazon!
Bittadan yoz, ham qishu bahor
O‘tkazamiz, xo‘p, mayli, degin.
Suyukligim, lekin va’da ber -
Men sho‘rlikni sog‘inib kelgin.
Yelkanlaring xilpillat mahzun,
Ol mendanam ko‘p-ko‘p xavotir.
Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,
Yo‘qligingda ne ishlar sodir...
Sen kelasan, gullar bu maskan
Voqif bo‘lib azaliy sirdan.
O‘n bir oyda dilimni ezgan
Gunohlarim kuyadi birdan.
Unutilar ortdagi zahmat,
Peshonamda rahmat terlari.
Ko‘z yoshlardan qolarmikan-yey
Yurakning vahm, mavhum kirlari?!
Sog‘inching-la but bugun yurak —
Takror-takror vaslingga yetish
Va qo‘shimcha birgina tilak:
Bu oroldan sen bilan ketish!!!"
Ko‘nglim endi tamomiyla to‘q,
Tugab qoldi shomga ham azon -
Lug‘atimda xayr so‘zi yo‘q,
Ko‘rishguncha, deyman, ramazon!
Alvido, deyishga qo‘rqaman...