UZR
(Uzr Gʻazoliklar)
Masofamiz bir xil emas. Hech qachon sizga tenglasha olmasam kerak. Men uyimda yumshoq to‘shak ustida qandaydir post bilan yoki namozdagi duoyim bilan o‘zimcha sizga tayanch bo‘lmoqchiman. Sizlar esa uysiz, yersiz va qochoq bo‘lsangizda zaminingizni qutqarish, vatanni ozod qilish uchun Allohning dushmanlari bilan jang qilmoqdasiz.
Mening atrofimda oilam, do‘stlarim va muhiblarim bor. Sizlar esa hamma narsangizni yo‘qotdingiz.
Men dushman mahsulotini boykot qilish uchun ikki marta o‘ylab olaman. Olsammi, olmasammi? Sizda esa hatto ichishga oddiy suv yo‘q.
Men tanamda og‘riq sezsam dodlab hammani bezovta qilaman. Meni og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan tinchlantirishadi. Sizni esa hatto narkozsiz amaliyot qilishmoqda.
Men yumshoq to‘shagim ustida mazza qilib yotibman. Sizlar esa o‘liklaringizni kafanlashga hatto bir parcha mato topolmayapsiz.
Biz bitta masofada emasmiz. Shuning uchun meni ma’zur tuting. Musibatingizda ojizligim tufayli yoningizda tura olmadim. Ammo Allohga qasamki, sizni yordamsiz tashlab qo‘yishni hech qachon niyat qilmaganman. Ammo ojizman. Sizlarni jannat ahlidan bo‘lishingizni umid qilaman. Robbim bizni ham O‘z fazli va karami ila jannat ahlidan qilsin. Ishoning , bu gapni ming xijolat bilan yozmoqdaman...
Ishoning , men imkonim darajasida harakat qildim. Sizni oxiratda siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birga qilishini so‘rab qolaman!
Abdulqodir Polvonov