8 month Translate
Translation is not possible.

#bir_oyat_fursati

أُوْلَئِكَ عَلَى هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ وَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

2-5. Ana o‘shalar Robblaridan bo‘lgan hidoyat uzradirlar va ana o‘shalar, o‘shalargina zafar topuvchilardir.

Kim najot topishni istasa, o‘zida taqvodorlik sifatlarini mujassam qilishga urinsin.

(Baqara, 5-oyat) | Manba: Islom.uz

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

#bir_oyat_fursati

  والَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِالآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ۝

2 - 4. Hamda senga nozil qilingan narsaga va sendan oldin nozil qilingan narsalarga iymon keltiradigan va oxiratga aniq ishonadiganlardir.

   Demak, taqvodorlarga oid navbatdagi to‘rtinchi sifat – Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Qur’oni karimga va u kishidan oldin nozil qilingan samoviy kitoblarga iymon keltirish. Bu narsa taqvodorlarning, Islom ummatining buyuk sifatlaridan biri bo‘lib, boshqa hech bir ummatda yo‘qdir. Chunki Islom ummatidan boshqa hech bir ummat Allohdan nozil bo‘lgan barcha kitoblarga birdek iymon keltirmagan. Islom ummati Alloh nozil qilgan barcha kitoblarga birdek iymon keltiradi.

    Bu hol esa aslida bashariyatning kitoblari va payg‘ambarlari bir ekanining alomatidir.

Beshinchi sifat – «oxiratga aniq ishonadigan».

    Ya’ni ular oxiratga hech shak-shubha qilmay, ishonadilar. Bu ishonch insonni tor dunyodan keng dunyoga chiqaradi. Uning hayoti bu besh kunlik dunyo bilan tugamasligini, hayot aslida imtihonlardan iborat ekanini bildiradi. Kelajagining uzoq ekanini, nihoyasiz yashash olami bor ekanini anglashga undaydi.

   Ushbu besh sifat insoniyat uchun nihoyatda zarur sifatlar bo‘lib, kim shularni o‘zida mujassam qilsa, Qur’on hidoyatidan to‘la bahramand bo‘ladi. Qur’on hidoyatidan bahramand bo‘lgan inson esa ikki dunyo saodatiga erishadi.

(Baqara, 4-oyat) | Manba: Islom..uz

@FURSAT.UZ - Haqiqat fursati

#bir_oyat_fursati    الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَ.. | FURSAT.UZ
ummalife.com

#bir_oyat_fursati الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَ.. | FURSAT.UZ

#bir_oyat_fursati الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ۝ 2-3. Ular g‘aybga iymon keltiradigan, namo
Send as a message
Share on my page
Share in the group