عبدالغفور عبدالرحيم Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

About me

شاعر، إنسان

Translation is not possible.
... lekin shamollar kemalar xohlagandek esmaydi.
📚 Xitob
✍ Ayman Attum
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
#nazm
Eshitilar o'ng-u so'ldan nidolar,
"Yo Allohim, yo Rab" degan sadolar,
"Ehtiyot qil o'zing" degan vidolar,
Ko'ngillar mavj urar harorat bilan.
Eshitilar — bombalarning portlashi,
Xitoylarning "dindan qayt" deb zo'rlashi,
Mahbuslarning Robbi bilan dardlashib
O'tirishi dilda halovat bilan.
Eshitilar — gung emas quloqlarga,
Yahudiylar mingani uchoqlarga,
So'ng o't ochib murg'ak chaqaloqlarga,
Uyalmay kulgani razolat bilan.
Eshitilar — muslimalar ovozi,
Soqol qo'ygan erkaklarning norozi
"Hammayoqni ketdi munofiq bosib"
Deganlari haqli shikoyat bilan.
Eshitilar — balandparvoz gap-so'zlar,
Ammo ochilmoqda haqiqiy yuzlar,
Ta'qib qilinmoqda hijobli qizlar,
Qabul qilib bo'lmas adolat bilan.
Eshitilar — haqqa otilgan o'qlar,
"Bizga nima" deymiz biz qorni to'qlar,
O'zin ko'z-ko'z qilar hayosi yo'qlar,
Piar qilib hatto hidoyat bilan.
Eshitilar — dardning ovozi bo'g'iq,
Eshitilar hamma-hammasi to'liq.
Bir jasadda bitta yurak ming bo'liq,
Afsus yasholmaydi saodat bilan.
Robbim, O'zing asra, qolmay adashib,
Har qanday arzimas dardga ilashib.
Sening dushmaningga qarshi kurashib,
Bir umr yashayin adovat bilan.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Can anyone help me to send some money to Gambia 🇬🇲. Because there are people who are suffering from hunger. +2205266689 this is his number, you can contact via WhatsApp
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
#nazm
— Hayot — shovqinli dengiz,
— Uzr, nima dedingiz?
— Ha yoʻq, oʻzim, shunchaki,
— Qorningiz ochdir balki?
— Rahmat, qornim toʻq, joʻra,
Oʻtiring undan koʻra.
Quramiz biroz suhbat,
Boʻling xotirjman, xushvaqt.
— Mayli, nima dardingiz?
— Dardingiz bu — qadringiz!
— Usta ekansiz soʻzga,
— Ishim yoʻq shundan oʻzga,
Soʻzlar bu — ne'mat, hiba,
Suxandonlik — mavhiba*.
— Nima gaplar dunyoda,
Ne kam, nima ziyoda?
— Dunyoda zulm bisyor,
Odamzot nonkoʻr, ayyor.
Nafsga, pulga sigʻingan
Va hamma ishga tayyor.
— Bu qandayin fojea?
— Bu voqea, voqea...
G'aribiy
Send as a message
Share on my page
Share in the group
عبدالغفور عبدالرحيم Сhanged his profile picture
1 year
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group