Translation is not possible.

#nazm

— Hayot — shovqinli dengiz,

— Uzr, nima dedingiz?

— Ha yoʻq, oʻzim, shunchaki,

— Qorningiz ochdir balki?

— Rahmat, qornim toʻq, joʻra,

Oʻtiring undan koʻra.

Quramiz biroz suhbat,

Boʻling xotirjman, xushvaqt.

— Mayli, nima dardingiz?

— Dardingiz bu — qadringiz!

— Usta ekansiz soʻzga,

— Ishim yoʻq shundan oʻzga,

Soʻzlar bu — ne\'mat, hiba,

Suxandonlik — mavhiba*.

— Nima gaplar dunyoda,

Ne kam, nima ziyoda?

— Dunyoda zulm bisyor,

Odamzot nonkoʻr, ayyor.

Nafsga, pulga sigʻingan

Va hamma ishga tayyor.

— Bu qandayin fojea?

— Bu voqea, voqea...

G\'aribiy

Send as a message
Share on my page
Share in the group