Bir kuni Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida o‘tirgan ekanlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sadaqa haqida gapirib turganlarida, Abu Dardo roziyallohu anhu: «Mening bog‘im sadaqa», deb yuborgan ekanlar.
So‘ng borib, bog‘da yurgan ayollariga: «Hoy Ummu Dardo, chiq, chiq! Endi bu seniki emas», deganlar.
Ayollari buning sababini so‘raganlarida, bo‘lgan gapni aytganlar.
Shunda Ummu Dardo roziyallohu anho: «Juda yaxshi qilibsiz-da», deb xursand bo‘lib, qozon-tovog‘ini ko‘tarib chiqib ketganlar. Ummu Dardo ba’zilarga o‘xshab, bog‘ini sadaqa qilib yuborgan erlarini qarg‘amaganlar, balki «Savob ish qilibsiz», deb erlari qilgan ishni qo‘llab-quvvatlaganlar. Bu oila ana shunday solih oila bo‘lgan.
📖 Odoblar xazinasi: 2-juz
Imom Buxoriyning “AL-ADAB AL-MUFRAD” kitobining sharhi
✍️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf