Translation is not possible.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansoriy xonadonlardan birining ahlini ziyorat qildilar va ularnikida taomlandilar. Keyin chiqib ketmoqchi bo‘lganlarida uyning bir joyini ko‘rsatib, buyurgan edilar, u zot uchun bir to‘shamaga suv sepildi. U zot o‘shaning ustida namoz o‘qib, ularning haqqiga duo qildilar».

•••

Demak, bir birodaringizni ziyorat qilsangiz, ahli bayt sizni hurmat qilib, topganini qo‘ysa, taom yeyilsa, albatta ularning haqqiga duo qilish, ularga Alloh subhanahu va taolodan xayr-baraka tilash mehmonning burchiga aylanar ekan.

📖 Odoblar xazinasi: 2-juz

Imom Buxoriyning “AL-ADAB AL-MUFRAD” kitobining sharhi

✍️ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Send as a message
Share on my page
Share in the group