Translation is not possible.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Do‘zaxga eng ko‘p kiritadigan narsa nimaligini bilasizmi?» dedilar.

«Alloh va Rasuli bilguvchidir», deyishdi.

«Ikkita teshik narsa — farj va og‘iz. Jannatga eng ko‘p kiritadigan narsa nima? Allohga taqvo qilish va husni xulqdir».

•••

Farj bilan inson zino qilib, do‘zaxga tushadi.

Til balosi — yomon, kufr so‘zni aytish. Yolg‘on, bo‘hton, ig‘vo, tuhmat so‘zlar, birovlarni so‘kish — bularning bari do‘zaxga olib boradigan narsalar.

Shu ikki narsa ko‘pchilikning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘lar ekan.

📖 Odoblar xazinasi: 1-juz

Imom Buxoriyning “AL-ADAB AL-MUFRAD” kitobining sharhi

✍ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Send as a message
Share on my page
Share in the group