UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Bloger

muhayyir Сhanged his profile picture
10 month
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 year Translate
Translation is not possible.
Avf etasanmi?
Boshimni sajdaga qoʻyib yigʻlasam,
Dovuddek¹ qirq kecha tinmay yigʻlasam,
Gunohim boʻynimga olib yigʻlasam
Allohim Sen meni avf etasanmi?
Koʻzyoshlar toʻkilib, koʻzlar qurisa,
Oʻsha koʻzyoshimdan gullar bitilsa,
Qalbim bolalardek hoʻngrab yigʻlasa,
Allohim Sen meni avf etasanmi?
Adashgan yoʻlchiga yoʻlin koʻrsatsam,
Bir miskin daliga yemak uzatsam,
Tuzalmas bemorning ruhin koʻtarsam,
Allohim Sen meni avf etasanmi?
Ummondek gunohim koʻpayib ketgan,
Shayton-ku koʻzimga hirsni oʻragan,
Men-ku oʻzimdan-oʻzim uzoqlab ketgan,
Allohim Sen meni avf etasanmi?
Tizzam bukilsa sajdaga tushib,
Kibrimni sindirsam boshimni qoʻyib,
Yigʻlasam chin dildan iltijo qilib,
Allohim Sen meni avf etasanmi?
muhayyir
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 year Translate
Translation is not possible.
BIR KITOBGA AYLANIB QOLSAM
Bir kitobga aylanib qolsam
Olib ket meni ismimni oʻqib
Sumkangda yotmayin, javonlarda ham
Quchogʻing bagʻrida olib yur, oʻqib
Sahifam och mening, avaylab sekin
Oʻqi! Berilib, vaqtni unutib
Hatto, tonglar otib quyosh botsa ham
Qoʻlingdan hech tushmay oʻqisang oʻpib
Men seni yigʻlatsam dardlarim bilan
Koʻzyoshlaring oqib yuzimni oʻpsa
Men seni kuldirsam hazillar bilan
Yuzingda "kulgichlar"ing izlari qolsa
Oʻqisang hech tolmay, zerikmay meni
Tunlari yostigʻing tagiga qoʻyib
Har tongda yuzimga termulib yana
Yangi bir bobni oʻqisang suyib
Men kitobga aylanib qolsam
Olib ket meni ismimni oʻqib...
muhayyir
Send as a message
Share on my page
Share in the group
muhayyir Сhanged his profile picture
1 year
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group