1 year Translate
Translation is not possible.
BIR KITOBGA AYLANIB QOLSAM
Bir kitobga aylanib qolsam
Olib ket meni ismimni oʻqib
Sumkangda yotmayin, javonlarda ham
Quchogʻing bagʻrida olib yur, oʻqib
 
Sahifam och mening, avaylab sekin
Oʻqi! Berilib, vaqtni unutib
Hatto, tonglar otib quyosh botsa ham
Qoʻlingdan hech tushmay oʻqisang oʻpib
 
Men seni yigʻlatsam dardlarim bilan
Koʻzyoshlaring oqib yuzimni oʻpsa
Men seni kuldirsam hazillar bilan
Yuzingda "kulgichlar"ing izlari qolsa
 
Oʻqisang hech tolmay, zerikmay meni
Tunlari yostigʻing tagiga qoʻyib
Har tongda yuzimga termulib yana
Yangi bir bobni oʻqisang suyib
 
Men kitobga aylanib qolsam
Olib ket meni ismimni oʻqib...
 
muhayyir
Send as a message
Share on my page
Share in the group