UMMA TOKEN INVESTOR

1 year Translate - Youtube
Translation is not possible.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Musulmonlar zamona yomon bo’ldi
Halol yetmas harom qiymatli bo’ldi
 
O’qilgan quronga quloq tutilmas
Shaytonlar semirdi quvvatli bo’lid
 
Harom bilan hamr tutti dunyoni
Eeeeh, Fasod ishlar qilgan hurmatli bo’ldi
 
Kimgaki Allohdan habar berursan
Tutib boshinga urar hujjatli bo’ldi
 
Shogird ustoziga harxasha qilar
O’g’il otasi bilan izzatli bo’ldi
 
Faqirlar miskinlikdan tortdilar qo’lin
Ko’ngilni yiqqanlar haybatli bo’ldi
 
Payg’ambar o’rniga o’tgan xo’jalar
Bu halqning boshiga zahmatli bo’ldi
 
#sher #yunushemro #zamonayomonboldi
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Xol aka qaytgandi uyga to‘satdan,
O‘g‘li, dadajon, deb chopib kelibdi.
Ota quchay desa qo‘li yo‘q ekan,
Tik turgan joyida yig‘layveribdi.
 
Erkin Vohidov
#sher
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
JIM YOTAR
 
Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan
Ezilib ne davru davron jim yotar.
Saydu sayyodlarning vaxshiyligidan
Yayrab yurolmaydi – jayron jim yotar!
 
Haddan oshib ketsang to‘kin chog‘larda,
Olovdek o‘rtangay qalbing dog‘larda,
Hattoki purviqor sokin tog‘larda
Paymonasin kutib vulqon jim yotar!
 
Eslab ko‘r – ne sabab ikki Insonni
Haydab chiqardilar, qo‘shib shaytonni...
Nafs yomon, bir qara, sho‘rlik sichqonni
Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar!
 
Ey do‘stim, sheriksiz chiqmagil ovga,
Ne ham qilolarding bir o‘zing yovga.
Har inson muxtojdir boshqa birovga,
Yoysiz qolsa kor yo‘q – kamon jim yotar!
 
Zakiy ko‘zlar uchun yorug‘dir kech ham,
Haddini bilgaydir, oshmaydi hech ham.
Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham,
O‘ljasi o‘tlaydi... Asrlon jim yotar!
 
Xayrullo, bas, yetar, o‘ynading-kulding,
Dunyoning eng sirli o‘yinin bilding.
Shovqin-suron solma, uch kunga kelding,
Birovning uyida mehmon jim yotar!
 
Hayrulla Hamidov
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Dedim: Ayt, umrning ma'nosi nima?
Dedi: Yo chaqmoq, yo sham, yoki parvona.
Dedim: Bu dunyoga bino qo'ygan kim?
Dedi: Yo go'l, yo mast, yoki devona.
 
Pahlavon Mahmud
 
Reference: https://uforum.uz/showthread.p....hp?s=717d0d965ebb192
Send as a message
Share on my page
Share in the group