JIM YOTAR
Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan
Ezilib ne davru davron jim yotar.
Saydu sayyodlarning vaxshiyligidan
Yayrab yurolmaydi – jayron jim yotar!
Haddan oshib ketsang to‘kin chog‘larda,
Olovdek o‘rtangay qalbing dog‘larda,
Hattoki purviqor sokin tog‘larda
Paymonasin kutib vulqon jim yotar!
Eslab ko‘r – ne sabab ikki Insonni
Haydab chiqardilar, qo‘shib shaytonni...
Nafs yomon, bir qara, sho‘rlik sichqonni
Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar!
Ey do‘stim, sheriksiz chiqmagil ovga,
Ne ham qilolarding bir o‘zing yovga.
Har inson muxtojdir boshqa birovga,
Yoysiz qolsa kor yo‘q – kamon jim yotar!
Zakiy ko‘zlar uchun yorug‘dir kech ham,
Haddini bilgaydir, oshmaydi hech ham.
Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham,
O‘ljasi o‘tlaydi... Asrlon jim yotar!
Xayrullo, bas, yetar, o‘ynading-kulding,
Dunyoning eng sirli o‘yinin bilding.
Shovqin-suron solma, uch kunga kelding,
Birovning uyida mehmon jim yotar!
Hayrulla Hamidov
JIM YOTAR
Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan
Ezilib ne davru davron jim yotar.
Saydu sayyodlarning vaxshiyligidan
Yayrab yurolmaydi – jayron jim yotar!
Haddan oshib ketsang to‘kin chog‘larda,
Olovdek o‘rtangay qalbing dog‘larda,
Hattoki purviqor sokin tog‘larda
Paymonasin kutib vulqon jim yotar!
Eslab ko‘r – ne sabab ikki Insonni
Haydab chiqardilar, qo‘shib shaytonni...
Nafs yomon, bir qara, sho‘rlik sichqonni
Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar!
Ey do‘stim, sheriksiz chiqmagil ovga,
Ne ham qilolarding bir o‘zing yovga.
Har inson muxtojdir boshqa birovga,
Yoysiz qolsa kor yo‘q – kamon jim yotar!
Zakiy ko‘zlar uchun yorug‘dir kech ham,
Haddini bilgaydir, oshmaydi hech ham.
Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham,
O‘ljasi o‘tlaydi... Asrlon jim yotar!
Xayrullo, bas, yetar, o‘ynading-kulding,
Dunyoning eng sirli o‘yinin bilding.
Shovqin-suron solma, uch kunga kelding,
Birovning uyida mehmon jim yotar!
Hayrulla Hamidov