UMMA TOKEN INVESTOR

About me

🌷1/3 طالبة🌷

Translation is not possible.

#sahifalar

-IMOM SHA'BIY

📎Ibn Shubruma shunday deydi: "Men Sha'biyning "Men shu kungacha oq varaqlarga nimani qoralagan bo'lsam va menga biror kishi hadis aytgan bo'lsa,hammasini yodladim.Biror bir kishidan so'zini qayta aytishini so'ramadim.Bundan tashqari,bir odamning olim bo'ishiga yetarli darajadagi ma'lumotlarni esdan chiqardim",-deganini eshitdim.

📎Vodi' Rosibiydan rivoyat qilinadi: "Sha'biynshunday dedi: "Mening eng kam bilgan soham she'rdir.Shundat bo'lsa-da,agar xohlasam,sizlarga bir oy tinmasdan takrorsiz she'r aytib bera olaman".

📎Ali ibn Madiniy aytadi: "Sha'biydan shunday deb so'rashdi:"Qanday qilib shuncha ilm o'rgangansiz?!" U javob berib: "O'zgalarga suyanmaganim,shaharlarga safar qilganim,eshakning sabri kabi sabr qilganim,qarg'a kabi barvaqt turganim uchun",-dedi

📍(43-bet)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

بسم الله الرحمن الرحيم.

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "طلب العلم فريضة عاى كلّ مسلم و مسلمة "

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: "Ilm talab qilish har bir muslim va muslimaga farzdir"

(Ibn Moja sunanida Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan).

🌷Ilmning afzali-علم الحال -ilmi xoldir.Ya'ni hozir bajarilishi kerak bo'lgan amalning ilmini bilmog'i imsonga buyuriladi.Masalan namoz o'qishni ixtioyr qilgan insonga,namozga oid ilmlarni o'rganish zarur bo'ladi.

🌷Amalning afzali-xato va nuqsonlardan muxofazalanganidir.Bu muxofaza esa faqat ilm ila hosil bo'ladi.

🌷Ilm-insonlarga dunyo va oxiratda to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi shamchiroqdir.Insonga nima yaxshi nima yomon ekanligini aniqlovchi vositadir.Hayotimizda har bir sohada insonlar ehtiyoji tushadigan ilm-hunarlarni o'rganishimiz shartdir.Chunki orzu-maqsadlarga ilm orqali erishiladi!

(تعليم المتعلّم طريق التعلم-Ilm olish sirlari

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ilm

بسم الله الرحمن الرحيم

Ilm-dengizdir.Avvalida ,bu dengizga har birimiz o'z kemamizda oddiy yo'lovchi bo'lib tushamiz .Inson bu dengizga sho'ng'ir ekan ,uning cheksizligini ham aqlan ham jismonan anglab yetmog'i lozim.Tabiiyki ,cheksizlik deb atalgan bir mavhum chegara mavjud ekan,har bir tolibi Ilmning qalbi unga yaqinlashmoqlikni istaydi va tun-u kun maqsadi yo'lida harakat qiladi.Allohning izni ila unga yo'l davomida ro'baro kelgan mashaqqatlarni yengib o'tadi.Vaqtlar o'tib ,kema yo'lboshchisi kema boshqaruvini yo'lovchiga topshiradi To'fonlaru silkinishlar ,suv sathining ko'tarilishi oqibatida borib -borib oddiygina yo'lovchi mahoratli yo'lboshchiga aylanadi.Nihoyada, U bu dengizda yo'lovchilar va yo'lboshchilarning adadi cheksiz bo'lganchalik dengiz ham shuncha tubsizligini tushunib yetadi.

©Fakhriyaa

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group