UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
2-hadis
Umar (r.a)dan:
«Bir kuni biz Rasululloh (s.a.v) huzurlarida o‘tirganimizda banogoh oldimizga oppoq
kiyimli, tim qora sochli, ustida safar izlari ko‘rinmaydigan, oramizda ham hech kim uni
tanimaydigan bir kishi chiqdi va Payg‘ambar (s.a.v) oldilarga borib o‘tirdi. Tizzasini
(Rasululloh (s.a.v) tizzalariga taqab, ikki qo‘lini (o‘zining) sonlariga qo‘yib, dedi:- Ey
Muhammad! Menga Islom haqida xabar bering!Rasululloh (s.a.v) dedilar:- Islom
Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi hamda Muhammad alayhis-salom Allohning Rasuli ekanligiga
guvohlik berishing, namozni barpo qilishing, zakotni ado qilishing, Ramazonda ro‘za
tutishing va agar qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishingdir.Haligi kishi:- To‘g‘ri
aytdingiz!- dedi. Biz uning ham so‘rab, ham tasdiqlab qo‘yayotganiga hayron bo‘ldik.-
Menga iymon haqida xabar bering!- Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga,
Payg‘ambarlariga va Oxirat kuniga ishonishing hamda taqdirning yaxshisi-yu yomoniga
(barchasining Alloh tarafidan ekaniga) iymon keltirishing.- To‘g‘ri aytdingiz!- deb, yana
so‘radi,- Menga ehson haqida xabar bering!- Allohga xuddi Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishing, agar ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi (deb ibodat qilishing).- Menga Soat (Qiyomat kuni)
haqida xabar bering.- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan ko‘proq bilguvchi emas.- Uning alomatlari haqida aytib bering.- (Uning belgilari shuki) cho‘ri o‘zining ho‘jayinini
tug‘adi va o‘zlari yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al bo‘lgan qo‘yboqarlar faxr va riyo
uchun bino qurayotganini ko‘rasiz.So‘ng haligi kishi ketdi. Men (o‘sha kishi haqida so‘ramay) ancha muddat kutdim. Keyin (Rasululloh (s.a.v) mendan so‘radilar:- Ey
Umar! Bilasanmi, o‘sha so‘rovchi kimligini?- Alloh va Rasuli biluvchiroq!- U kishi – Jibriyl
alayhis-salom, sizlarga diningizni ta’lim bergani kelgan edilar,- dedilar».
Muslim rivoyati.
image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
الشاي الحبيب (باباتيا) من الحبيب مع الأحباب حبيب
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Amirul mo‘minin Abu Hafs Umar ibn Xattob (r.a)dan: Men Rasululloh (s.a.v)ning
shunday deyotganlarini eshitdim:
«Amallar (faqatgina) niyatlar bilan (e’tibor qilinadi) va har bir kishi uchun niyat qilgan
narsasigina (savobi yoki jazosi) bordir. Bas, kimning hijrati Alloh va Rasuli uchun bo‘lsa,
uning hijrati Alloh va Rasuli uchun (deb e’tibor qilinajak). Kimning hijrati biron dunyo
(matosi) ni qo‘lga kiritish yoki bir ayolni nikohlab olish uchun bo‘lsa, uning hijrati nima
uchun qilingan bo‘lsa, o‘sha uchundir».
Buxoriy va Muslim rivoyati.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Imom Navaviyning arbaiyn hadis kitoblaridan 1-hadis
Abdulloh istanbuliy
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group