Translation is not possible.

2-hadis

Umar (r.a)dan:

«Bir kuni biz Rasululloh (s.a.v) huzurlarida o‘tirganimizda banogoh oldimizga oppoq

kiyimli, tim qora sochli, ustida safar izlari ko‘rinmaydigan, oramizda ham hech kim uni

tanimaydigan bir kishi chiqdi va Payg‘ambar (s.a.v) oldilarga borib o‘tirdi. Tizzasini

(Rasululloh (s.a.v) tizzalariga taqab, ikki qo‘lini (o‘zining) sonlariga qo‘yib, dedi:- Ey

Muhammad! Menga Islom haqida xabar bering!Rasululloh (s.a.v) dedilar:- Islom

Allohdan o‘zga iloh yo‘qligi hamda Muhammad alayhis-salom Allohning Rasuli ekanligiga

guvohlik berishing, namozni barpo qilishing, zakotni ado qilishing, Ramazonda ro‘za

tutishing va agar qodir bo‘lsang, Baytullohni haj qilishingdir.Haligi kishi:- To‘g‘ri

aytdingiz!- dedi. Biz uning ham so‘rab, ham tasdiqlab qo‘yayotganiga hayron bo‘ldik.-

Menga iymon haqida xabar bering!- Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga,

Payg‘ambarlariga va Oxirat kuniga ishonishing hamda taqdirning yaxshisi-yu yomoniga

(barchasining Alloh tarafidan ekaniga) iymon keltirishing.- To‘g‘ri aytdingiz!- deb, yana

so‘radi,- Menga ehson haqida xabar bering!- Allohga xuddi Uni ko‘rib turgandek ibodat qilishing, agar ko‘rmayotgan bo‘lsang, U seni ko‘rib turibdi (deb ibodat qilishing).- Menga Soat (Qiyomat kuni)

haqida xabar bering.- U haqda so‘ralayotgan kishi so‘rovchidan ko‘proq bilguvchi emas.- Uning alomatlari haqida aytib bering.- (Uning belgilari shuki) cho‘ri o‘zining ho‘jayinini

tug‘adi va o‘zlari yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al bo‘lgan qo‘yboqarlar faxr va riyo

uchun bino qurayotganini ko‘rasiz.So‘ng haligi kishi ketdi. Men (o‘sha kishi haqida so‘ramay) ancha muddat kutdim. Keyin (Rasululloh (s.a.v) mendan so‘radilar:- Ey

Umar! Bilasanmi, o‘sha so‘rovchi kimligini?- Alloh va Rasuli biluvchiroq!- U kishi – Jibriyl

alayhis-salom, sizlarga diningizni ta’lim bergani kelgan edilar,- dedilar».

Muslim rivoyati.

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group