UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Kafolat

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

-  “Oltita narsaga kafolat bеringlar, mеn sizlarga jannat kafolatini bеraman:

•  Gapirsalaring rost so'zlanglar;

•  Va'dani ustidan chiqinglar;

•  Omonatni ado qilinglar;

•  Zinodan saqlaninglar;

•  Ko'zlaringni tiyinglar;

•  Qo'llaringni (haromdan) tortinglar”.

(Ahmad, ibn Hibbon rivoyati)

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ko‘proq narsani bilsang, yashash qiyinlashadi. Bilganingni bilmagan inson bilan esa yashash undan ham qiyin. Axir, u inson o‘z bilimi va tajribasidan kelib chiqib fikr yuritadi.

Ammo seni bilganlaring azoblayveradi. Biroq, sendanda ko‘proq biladigan inson bilan yashash yanada qiyinroq. Bunday inson oldida sen o‘zingni hech narsani bilmaydigan, kam ma’lumotga ega va hattoki tushunmaydigandek tutishga majbursan...

Eliza K "Qahva"

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

•MISVAK•

HADIS.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Rosululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Misvok og’izni poklovchi va Parvardigorni rozi qiluvchidir»

Imom Ahmad va boshqalar rivoyati .

✅MISVAK bu Rasululloh ( S.A.V. )ning va barcha payģambarlar sunnatlari, albatta Allohni rozi qiluvchi va Og'iz bòshliģini tozalovchi vosita.

•Misvak qanday ishlatilinadi?

Tishingiz bilan terisini ochasiz va uchini yumshatasiz sòngra Rosulimiz S.A.V kabi oldi tishingizni tepadan pastga va jag' tishlaringizni aylanasiga va albatta tillaringizni ishqalaysiz. Misvakni korsatgich barmag'ingiz kabi uzunlikga yetkuncha ishlatasiz.

✅Misvakni 6 orinda ishlatish takidlangan.

1. Tahoratdan oldin.

2. Namozdan oldin.

3. Qur'on o'qishdan oldin.

4. Uyquda uyg'onganda.

5. Uyga kirgan vaqtda.

6. O'ģizdan badbòy hid kelganda.

✅Misvak ishlatishning foidalari.

1. Oģizni poklaydi.

2. Robbimizni rozi qiladi.

3. Xotirani kuchaytiradi.

4. Aqlni charxlaydi.

5. Tish chirisini oldini oladi.

6. Ovozni tiniqlashtiradi.

7. Doimiy foydalangan kishining yuzi nurli bo’ladi.

8. O’limdan boshqa barcha kasalliklarga shifodir.

9. Namozning savobini 70’dan, 400’gacha oshiradi.

10. Jannatdagi darajalarini oshishiga sabab bo’ladi.

11. Misvok ishlatgan kishini farishtalar maqtaydi.

12. Shaytonni tushkunlikka soladi.

13. Misvok ishlatishning eng katta foydasi Robning rizosidir.

🌱Tavsiyalar.

Misvak 2 xil kòrinishda bòladi qalin va ingichka. Qalin misvak erkaklar uchun, Chunki erkaklarning tishlari yoģonroq. Ingichka misvak ayollar uchun. Misvakni muzlatgichda yoki suv solingan idishda va òzining maxsus paketchasi yoki idishchasida saqlasangiz mumkin va har doim òz juftingiz oldiga kirishdan oldin misvak ishlating❗️❗️❗️

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qachon uylanasan?

So'raydigan savollari faqat "To'y qachon?".

Boshqa savolingiz yo'qmi hurmatli "kattalar"?

Aslida biz yosh yigit-qizlar sizlardan quyidagi savollarni berishingizni kutardik:

🔵Uylanishdan/turmushga chiqishdan oldin hech bo'lmasa oila haqida bitta kitob o'qiyapsanmi?

🔵Farzand tarbiyasiga oid ilmlarni o'rganyapsanmi?

🔵Muomala ilmi, er va ayolning huquq va majburiyatlari, burch va vazifalarini o'rganib chiqdingmi?

🔵Ayoling ko'chada ishlamasligi, uyingda ilmga sharoit yaratib bera olish uchun moliyaviy jabhangni yaxshilashga harakat qilyapsanmi?

🔵Turmush o'rtog'ingiz ko'chadan "oyimcha" topib olmasligi uchun unga qanday rafiqa bo'lish kerakligi haqidagi ilmlarni eshitganmisiz?

🔵Juft tanlash bo'yicha ilming bormi?

🔵Ana o'sha juftga o'zing loyiq bo'lishga intilyapsanmi?

🔵Xulqing, muomalang, odobing ustida ishlayapsanmi?

🔵Ayolingning ba'zi ayblari, xatolari, kamchiliklari bo'lishi va unga sabr qilishing kerakligini bilasanmi?

😄 To'y bir kunda o'tadi, undan keyingi hayotga tayyormisan?

Yo'q, siz bu savollarni bermayapsiz. Bir yosh yigitchaning blogidan o'qiyapman...

©SarvarNazarboyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Qur'on o'qilganda tеlеfon o'ynamang!

“Qur'on tilovat qilinganda Uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz” (A'rof surasi, 204-oyat).

Qur'on tilovati chog'ida boshqa narsalarga chalg'imaslik talab etiladi.

Bir kishi bu haqda bunday hikoya qiladi:

“Qur'on o'qiyotgan edim, qo'limda Mushaf bor edi. Tеlеfonimga kеlgan xabarlarni o'qish fikri xayolimga kеldi. Mеn qiroatdan to'xtab, tеlеfonimga kеlgan xabarlarni birin-kеtin o'qiy boshladim. Mushaf qo'limda turar edi. Xabarlar orasida Molik ibn Dinor rahimahullohning quyidagi so'zlarini o'qib, o'zimdan uyalib kеtdim: “

Kim maxluqotlarning so'zidan voz kеchib, Allohning So'ziga ulfat bo'lmasa, batahqiq, uning ilmi kam, qalbi ko'r bo'libdi va umrini zoe qilibdi”.

Doktor Ahmad Iso al-Ma'saroviy

Send as a message
Share on my page
Share in the group