Translation is not possible.

Qachon uylanasan?

So'raydigan savollari faqat "To'y qachon?".

Boshqa savolingiz yo'qmi hurmatli "kattalar"?

Aslida biz yosh yigit-qizlar sizlardan quyidagi savollarni berishingizni kutardik:

🔵Uylanishdan/turmushga chiqishdan oldin hech bo'lmasa oila haqida bitta kitob o'qiyapsanmi?

🔵Farzand tarbiyasiga oid ilmlarni o'rganyapsanmi?

🔵Muomala ilmi, er va ayolning huquq va majburiyatlari, burch va vazifalarini o'rganib chiqdingmi?

🔵Ayoling ko'chada ishlamasligi, uyingda ilmga sharoit yaratib bera olish uchun moliyaviy jabhangni yaxshilashga harakat qilyapsanmi?

🔵Turmush o'rtog'ingiz ko'chadan "oyimcha" topib olmasligi uchun unga qanday rafiqa bo'lish kerakligi haqidagi ilmlarni eshitganmisiz?

🔵Juft tanlash bo'yicha ilming bormi?

🔵Ana o'sha juftga o'zing loyiq bo'lishga intilyapsanmi?

🔵Xulqing, muomalang, odobing ustida ishlayapsanmi?

🔵Ayolingning ba'zi ayblari, xatolari, kamchiliklari bo'lishi va unga sabr qilishing kerakligini bilasanmi?

😄 To'y bir kunda o'tadi, undan keyingi hayotga tayyormisan?

Yo'q, siz bu savollarni bermayapsiz. Bir yosh yigitchaning blogidan o'qiyapman...

©SarvarNazarboyev

Send as a message
Share on my page
Share in the group