Translation is not possible.

O'z vaqtida to'xtang.

2023-yil may oylari edi. 2 yil behuda yurib, har sohaga boshimni uraverib, behuda ishlar, sarson sargardonlikdan so'ng boshim devorga urildi. Xato yo'ldaligimni anglagandim, lekin to'g'ri yo'lni ham bilmasdim. Wikistipendiya loyihasida qatnashdim. SkillsCamp ga borib, 1hafta lagerda bo'lib keldim. Do'stlar orttirdim, gaplashdim, har xil va aksariyati mandan ildamlab ketganlar bilan bo'ldim. Kuz keldi. Bir nechta mahalliy va xalqaro loyihalarga arizalar topshirdim. Bir nechtasiga qabul qilinib, ishtirok ham etdim.

Dekabrlarga kelib, negadir yana o'sha maydagidek o'zimni his qildim. Sohang nima-yu, qatnashayotgan loyihang nima? Sanga zarur ilm qaysi-yu, hozir o'rganayotgan chalakam chatti "bilim" laring nima?

"Xat"larni qanday yozish-u suhbatdan qanday o'tish "sir"larini endi to'liq bilardim. Lekin o'sha ondan boshlab soham va qiziqishimga aloqador bo'lmagan istalgan loyihadan chetlanishni boshladim. Va hozir shu holatdaman.

Abdulloh Shamsutdinovning postini o'qib, esladim va yozdim. Ha, shunday. Majburiyatingizni qiling, yetarli hozir. Buni anglashga manga 1yil vaqt ketdi.

Va hozir sizda shu 1yil vaqtni tejab, tavsiyaga amal qilish imkoniyati bor. To'xtang, o'z vaqtida to'xtang.

Kimlargadir buni anglashga yillar, balki, butun umri ham yetmasligi mumkin.

Alhamdulillah.

Send as a message
Share on my page
Share in the group