UMMA TOKEN INVESTOR

Husniya_0131 shared a
Translation is not possible.

#ibrat

Bir masjid peshtaxtasidagi yozuv:

“Farzandlaringizga ibodat qilishdan avval odob va axloqli boʻlishni oʻrgating. Aks xolda…

• namoz oʻqiydigan bir oʻgʻri;

• roʻza tutadigan bir buzuq;

• hajga boradigan yolgʻonchi;

• qurbonlik qiladigan bir sudxoʻr;

• shahodat keltiradigan bir terrorchi boʻlib yetishishi mumkin…”

Nishoniga tegadigan gaplar faqat bizda: @nishondagi_gaplar_tegadi👈🏼

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Husniya_0131 shared a
Translation is not possible.

OXIRGI KUN...

O‘tib borar o‘ttizinchi kun,

Eshitilar shom uchun azon.

Alvido, deyishga qo‘rqaman,

Ko‘rishguncha, deyman, ramazon...

Yelkanlari ufqqa sho‘ng‘igan

Manzarani eslatgan kabi

Qaylargadir savob ko‘tarib

Suzib borar umr markabi.

Men orolda qolayotgan o‘y —

O‘sha ertakdagi Robinzon...

O‘n bir oylik yolg‘izligim qo‘y,

Seni kutmoq — sharaf, Ramazon!

Bittadan yoz, ham qishu bahor

O‘tkazamiz, xo‘p, mayli, degin.

Suyukligim, lekin va’da ber -

Men sho‘rlikni sog‘inib kelgin.

Yelkanlaring xilpillat mahzun,

Ol mendanam ko‘p-ko‘p xavotir.

Ha, ramazon, bilmaysan-da sen,

Yo‘qligingda ne ishlar sodir...

Sen kelasan, gullar bu maskan

Voqif bo‘lib azaliy sirdan.

O‘n bir oyda dilimni ezgan

Gunohlarim kuyadi birdan.

Unutilar ortdagi zahmat,

Peshonamda rahmat terlari.

Ko‘z yoshlardan qolarmikan-yey

Yurakning vahm, mavhum kirlari?!

Sog‘inching-la but bugun yurak —

Takror-takror vaslingga yetish

Va qo‘shimcha birgina tilak:

Bu oroldan sen bilan ketish!!!"

Ko‘nglim endi tamomiyla to‘q,

Tugab qoldi shomga ham azon -

Lug‘atimda xayr so‘zi yo‘q,

Ko‘rishguncha, deyman, ramazon!

Alvido, deyishga qo‘rqaman...

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Quvonchdan ko'zimdan yog'moqdadir sel,

Seni uzoq kutdi eng bag'rikeng el.

Ey manim ming oydan yaxshirog'im kel,

His qilay baxt nadir, sakinat nadir?

Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!

Qadr muborak!

Xatmona muborak!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ey birodarim, bilib qo'yki, yurak bir qal'aga o'xshaydi. Shayton esa bu qal'aga kirib, uni ishg'ol etib, unga ega bo'lishni xohlovchi bir dushmandir. Qal'a, faqat darvozalar qo'riqlanib buzilgan joylari ta'mirlangandagina dushmandan muhofaza qilinadi. Dushman kiradigan eshiklarni qanday qo'riqlashni bilmaganlar dushman qo'liga tushishga mahkumdir.

"Mukoshafat -ul qulub"

Abu Homid G'azzoliy

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Husniya_0131 Changed her profile picture
1 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group