UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Хар хил китоблардан олиб сизлар билан болишаман. Хамма учун мафаатли болади деган умитдаман.

6 days Translate
Translation is not possible.

❗️Пайғамбарлар шажараси

Суратни пастидан, Одам Алайҳи Саломдан бошланган

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.

imom Ahmad رحمه الله aytdilar:

"Men yolg'izlik yurakni tinchlantiradigan narsa ekanligini tushundim."

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.

40 Hadisiy qudsiy 📖

#hadis_12

📚AHDGA VAFO QILING

📖«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O’z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina, jannatga kirasizlar. Allohga nafl ibodatlar bilan yaqinlashing. Mening roziligimni o‘zlaringiz orangizdagi misskinlar roziligidan izlang. Ulamolar majlisi orqali rahmatimga rag‘batli bo‘ling. Chunki rahmatim bir lahza ham ulardan ajralmaydi.

Alloh taolo: «Ey Muso! Aytayotganlarimni eshit. Haqqi rostki, kim miskinga takabburlik qilsa, Qiyomat kunida uni (zarra yoki mayda chumoli) suratida tiriltiraman. Kimki miskinga tavoze’li bo‘lsa, dunyo va oxiratda u(ning darajasi)ni ko‘taraman. Kimki miskinni obro‘sizlantirish uchun sirini yoysa, Qiyomat kunida uni siri pardalanmagan holda tiriltiraman. Kimki qashshoqni xorlasa, bas, u Meni jangga chorlabdi. Kim Menga iymon keltirsa, dunyo va oxiratda farishtalar u bilan qo‘l berib so‘rashadi», dedi».

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.

40 Hadisiy qudsiy 📖

#hadis_11

📚OXIRATNI UNUTMANG

📖«Ey insonlar! Bu dunyo hovlisi yo‘qlar uchun hovlidir, moli yo‘qlar uchun moldir. Mol-dunyoni aqli yo‘qlar yig‘adi. Fahmi yo‘qlar esa mol-dunyoga xursand bo‘ladi. Tavakkali yo‘qlar unga hirs qo‘yadi. Ma’rifati yo‘qlar esa dunyo istaklarini talab qiladi. Kim yo‘q bo‘luvchi ne’mat, uzuq-yuluq hayotni xohlasa, o‘z nafsiga zulm etib, Robbisiga isyon qilibdi. Yana oxiratni unutib, dunyosiga aldanibdi. "Gunohning ochig‘ini ham, maxfiysini tark qilingiz!" Albatta gunoh qiluvchi kimsalar o‘zlari qilib o‘tgan gunohlariga jazo olajaklar» (An’om, 120).

Ey Odam farzandi! Mening rioyamni qiling, Men bilan tijorat qiling, Men bilan muomala qilinglar, foydalaringiz naqd, darhol xazinamga jo‘nataveringlar. Chunki huzurimda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hamda inson qalbi his qilmagan narsalar bordir. Xazina tugab ham, kamayib ham qolmaydi. Men saxovat va ulug‘lik egasi bo‘lgan Zotman».

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 week Translate
Translation is not possible.

40 Hadisiy qudsiy 📖

#hadis_10

📚HAMMAGA YAXSHILIK QILING

Alloh taolo aytadi

📖«Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q. Balki mo‘minlar shunday kishilarki, Alloh va rasuliga iymon keltiradilar, yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qiladilar, aloqani uzgan kishi bilan aloqani tiklaydilar, mahrum qilgan kishini avf etadilar, xiyonat qilgan kishiga ishonadilar, xo‘rlaganni hurmat qilishadi, arazlagan kishi bilan so‘zlashishadi. Albatta Men sizlardan xabardor Zotdirman».

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group