UMMA TOKEN INVESTOR

About me

📚

Translation is not possible.

“Onam menga 10 yoshimdayoq Qur’onni yodlatib qòygan edi.

Bamdod namozidan oldin uyg’otar va tahorat olishim uchun Bag’dodning sovuq kechalarida issiq suv tayyorlab berar edi. Uyimiz masjiddan uzoq va yòl qorong’u bòlgani bois hijoblarini kiyib, men bilan birga masjidga borar edi”.

Imom Ahmad ibn Hanbal rohimahulloh

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayh shunday deganlar:

وَاعْلَمْ أَنَّهُ لَيْسَ حُسْنُ الْخُلْقِ مَعَهَا كَفُّ الْأَذَى عَنْهَا، بَلْ اِحْتِمَالُ الْأَذَى مِنْهَا

Ya'ni: “Bilginki, ayolinga ozor berishdan tiyilishing husni xulq emas. Balki, undan yetadigan ozorni ko‘tarishing husni xulqdir”.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir hojat bilan huzurimga kirdilar, men esa namoz oʻqiyotgan edim. (Shu sababli) u zotni biroz kuttirib qoʻydim. Shunda u zot:

— Ey Oisha, purmaʼno, umumiy duolarni lozim tutgin! - dedilar.

Namozdan forigʻ boʻlgach:

— Yo Rasululloh, purmaʼno, umumiy duolar nima? - dedim. U zot:

— Shunday deb aytgin, - dedilar-da, (bir duoni oʻrgatdilar):

«Ey Alloh, men Sendan oʻzim bilgan-bilmagan, hozirdagi va kelajakdagi barcha yaxshiliklarni soʻrayman. Sendan oʻzim bilgan-bilmagan, hozirdagi va kelajakdagi barcha yomonliklardan panoh berishingni soʻrayman. Sendan jannatni va unga yaqinlashtiradigan soʻz va amallarni soʻrayman. Doʻzaxdan va unga yaqinlashtiradigan soʻz va amallardan panoh berishingni soʻrayman. Sendan bandang va paygʻambaring Muhammad sollallohu alayhi vasallam soʻragan narsalarni soʻrayman. Bandang va paygʻambaring Muhammad sollallohu alayhi vasallam panoh soʻragan narsalardan panoh berishingni soʻrayman. Menga taqdir qilganing — ishlar oqibatini men uchun xayrli qilgin».

(Buxoriy rivoyati, "Adabul mufrad", 639)

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ayolning qalbida bor bo’lgan nafsdagi hamma buzuqliklar oilaga o'tadi, farzandlarga o'tadi,

millatga o'tadi.

(Husayn Buxoriy)

Xoh u g'iybat bo'lsin,xoh notog'ri niyat, xoh

dunyoga muhabbat bo'lsin, xoh yomon gumon - har biri o'tadi.

Valhosil, qalbingni isloh qil, qilki, sendan pok qalbli zurriyotlar qolsin!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Va ko'z yumib ochgunimcha fasllar suvdak oqib

ketti. Turkchada so'z bor, “iliklerime kadar hissetim “ - suyaklarimgacha his qildim degan so'z.

Bu hadisni shunday his qildim.

Anas (r.a) dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam

dedilar: "Toki vaqt tezlashmagunicha qiyomat

qoim bòlmaydi. Bir yil huddi bir oydek, oy huddi haftadek, hafta esa kundek, kun esa bir soatdek, bir soat esa bir o'tin yongunchalik vaqtday o'tadi." (Termiziy rivoyati)"

Vaqt uchyapti, hatto eng uchqur otdan ham tezroq uchmoqda.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group