umma1770095854 Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Inson qiziqda, o'zi sog'lig'i ham rizqi ham Alloh tomonidan beriladi.Uni tutib turadigan balo ofatlardan saqlab turadigan, och qolganda rizq berib uni to'q qiladigan qiyin kunda sabr qilishga kuch beradigan ruhini tetik qiladigan ana shu Robbisi aslida. Lekin inson nima qiladi?! Alloh unga bergan sog'liqni unga nolish va isyon qilishga sarflaydi. Qanchalar bechoraholmiz a ?! Hatto haqiqatni anglashga ojizmiz kimni huzuridan kelib kimni huzuriga ketayotganini anglamagan qalb ko'zi ko'r ojiz banda.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Ey inson ! Kuchli bir inson senga zulm qilganda haqiqiy kuch Egasiga yo’nal ! U insonning senga tegajog’lik qilishidan qo’rqma! Boshiga kelgan balolarni maxluqotdan deb bilgan kishi, o’ziga otilgan toshni tishlagan itga o’xshaydi.It o’ziga tegajog’lik qilganning tosh emasligini bilmagani uchun toshga yo’naladi.
Yaxshilikni maxluqotdan deb bilgan inson o’ziga non bergan insonga yaltoqlangan bir hayvonga o’xshaydi.Bechora hayvon o’ziga non berganga yaltoqlanarkan,asl sohibi yoniga kelsa ham unga e’tibor bermaydi.Agar sen haqiqatan aqlilli bo’lsang hamma yaxshiliklar va yomonliklar yolg’iz Allohdan ekanini bilishing lozim, boshqadan emas!
“Nafs tarbiyasi” Imom G’azzoliy
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Ba’zi insonlar yordam bergan insonlaridan kelajakda nimadir kutishlari qiziq, menimcha birovga yordam bera oladigan darajaga yetqazgan Alloh emasmi?! Aslida boshqaga yordam berishga rizqlantirilganimizni o’zi mukofot emasmi?!
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Dunyo erkinlikni e'lon qildi, bu, ayniqsa, oxirgi paytlar avj oldi, ularning ushbu erkinliklarida biz nimalar-ni ko'ryapmiz: faqat qullik va xudkushlik! Zero, dunyoning gapi shunday: «Ehtiyojlaring bor, ularni qondir, zero, eng badavlat, eng mashhur odamlar qanday bo'lsa, sening ham xuddi shunday huquqlaring bor. Ehtiyojlaringni qondirishdan qo'rqma, ularni hatto ko'paytir» - mana hozirgi dunyoning ta'limoti. Erkinlikni mana shunda ko'radilar. Mana shu ehtiyojlarni ko'paytirish haq-huquqidan nima kelib chiqadi? Boy-badavlatlar biqinib olishadi va ruhiy xudkushlikka giriftor bo'lishadi, kambag'allar esa hasad hamda odam o'ldirishga berilishadi, zero, haq-huquqni-ku berishdi, ehtiyojlarni qondirish uchun esa vositalarni hali ko'rsatishmadi. Dunyo ilgarilagan sayin shunchalar birlashadi, birodarona aloqalar kuchayadi, masofalar gisqarib yaqinlashadi, fikrlarini havo orqali uzoqlarga uzatishadi. Ammo afsus, odamlarning bunday tarzda birlashishiga ishonmang. Erkinlikni - ehtiyojlarni ko'paytirish va tezda qondirish deya tushunish bilan o'z tabiatlarini buzadilar, o'zlarida ko'plab bema'ni va ahmoqona xohish-istaklar, odatlar va aqlga sig'maydigan yasamaliklarni urchitadilar. Bir-birlariga faqat hasad qilib, nafsxo'rlik va manmanlikka beriladilar. Ziyofatdorlik, mehmondorlik, ot-aravalar, mansab-u unvonlar, qul-xizmatkorlarga ega bo'lish ular uchun shunchalar zaruratga aylanadiki, bularga ega bo'lish, nafsni qondirish uchun hatto hayotlarini qurbon qilishadi, nomus-ordan, odamiylikdan kechishadi, agar qondirolmasalar o'zlarini o'ldirishadi ham.
Boy bo'lmaganlarda ham shu hol, qashshoqlar esa ehtiyojlarini qondirolmay hasad o'tida yonib ichkilikbozlikka ruju qo'ygaylar.
Ammo tez orada may o'rniga birodar qonini ichadilar, hammasi shunga qarab boryapti.Endi sizdan so’ray, shunday kishi erkinmi?
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Assalomu alaykum orangizda apple icloudni ochishni biladiganlar bormi? Agar bor bo’lsa iltimos yordam bersangiz
Send as a message
Share on my page
Share in the group