Translation is not possible.
Dunyo erkinlikni e'lon qildi, bu, ayniqsa, oxirgi paytlar avj oldi, ularning ushbu erkinliklarida biz nimalar-ni ko'ryapmiz: faqat qullik va xudkushlik! Zero, dunyoning gapi shunday: «Ehtiyojlaring bor, ularni qondir, zero, eng badavlat, eng mashhur odamlar qanday bo'lsa, sening ham xuddi shunday huquqlaring bor. Ehtiyojlaringni qondirishdan qo'rqma, ularni hatto ko'paytir» - mana hozirgi dunyoning ta'limoti. Erkinlikni mana shunda ko'radilar. Mana shu ehtiyojlarni ko'paytirish haq-huquqidan nima kelib chiqadi? Boy-badavlatlar biqinib olishadi va ruhiy xudkushlikka giriftor bo'lishadi, kambag'allar esa hasad hamda odam o'ldirishga berilishadi, zero, haq-huquqni-ku berishdi, ehtiyojlarni qondirish uchun esa vositalarni hali ko'rsatishmadi. Dunyo ilgarilagan sayin shunchalar birlashadi, birodarona aloqalar kuchayadi, masofalar gisqarib yaqinlashadi, fikrlarini havo orqali uzoqlarga uzatishadi. Ammo afsus, odamlarning bunday tarzda birlashishiga ishonmang. Erkinlikni - ehtiyojlarni ko'paytirish va tezda qondirish deya tushunish bilan o'z tabiatlarini buzadilar, o'zlarida ko'plab bema'ni va ahmoqona xohish-istaklar, odatlar va aqlga sig'maydigan yasamaliklarni urchitadilar. Bir-birlariga faqat hasad qilib, nafsxo'rlik va manmanlikka beriladilar. Ziyofatdorlik, mehmondorlik, ot-aravalar, mansab-u unvonlar, qul-xizmatkorlarga ega bo'lish ular uchun shunchalar zaruratga aylanadiki, bularga ega bo'lish, nafsni qondirish uchun hatto hayotlarini qurbon qilishadi, nomus-ordan, odamiylikdan kechishadi, agar qondirolmasalar o'zlarini o'ldirishadi ham.
Boy bo'lmaganlarda ham shu hol, qashshoqlar esa ehtiyojlarini qondirolmay hasad o'tida yonib ichkilikbozlikka ruju qo'ygaylar.
Ammo tez orada may o'rniga birodar qonini ichadilar, hammasi shunga qarab boryapti.Endi sizdan so’ray, shunday kishi erkinmi?
Send as a message
Share on my page
Share in the group