IFTOR CHOGʻI YODIMGA TUSHDI
Dasturxonda shohona taom,
Etar ekan maishat davom.
Bisyorligi yurtda och avom,
Iftor chogʻi yodimga tushdi!
Uygʻurlarning dil nolalari,
Koʻzlarida moʻl jolalari.
Afrikaning och bolalari,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Ummat ogʻir bemor ekani,
Urushlardan bezor ekani.
Tahajjudda bedor ekani,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Xudbinlashib ketdim shu qadar,
Goʻyo yuzim dogʻli bir qamar.
Olmaganim qoʻshnimdan xabar,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Uyim emas koʻnglim torligi,
Marhamatga qalbim zorligi.
Menda doʻstning xaqqi borligi,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Koʻpning rizqi bu kunlar inon:
Bir piyola suv va qotgan non!
Menda esa koʻpligi imkon,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Zoʻrligim-chun qaddim gʻozligi,
Qish payti ham xonam yozligi,
Nolishim moʻl, shukrim ozligi,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Yodga oldim tark etib bogʻin,
Sahobalar qamalda chogʻin.
Yeganligi daraxt yaprogʻin,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Cheksiz gunohlarga botganim,
Ertan yemay bugun totganim-
Yaroqsiz deb taom otganim,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Iymon qasrin yemirganim ham,
Ixlos koʻshkin kemirganim ham.
Yeyaverib semirganim ham,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Bir yomon bir yomon siqilib,
Yigʻlayverib qoldim yiqilib.
Oʻlganligi koʻpning tiqilib,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Ishlasada ogʻritgancha bel,
Yogʻganda ham tinim bilmay sel.
Xali-xanuz qashshoqligi el,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Uchma-uch yetsada oyligi.
Xalqning juda xotamtoyligi.
Sultonu vazirlar boyligi,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Darkorligi har kun “erishim”,
Savob qilib, savob terishim.
Sohibiga zakot berishim,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
IFTOR CHOGʻI YODIMGA TUSHDI
Dasturxonda shohona taom,
Etar ekan maishat davom.
Bisyorligi yurtda och avom,
Iftor chogʻi yodimga tushdi!
Uygʻurlarning dil nolalari,
Koʻzlarida moʻl jolalari.
Afrikaning och bolalari,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Ummat ogʻir bemor ekani,
Urushlardan bezor ekani.
Tahajjudda bedor ekani,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Xudbinlashib ketdim shu qadar,
Goʻyo yuzim dogʻli bir qamar.
Olmaganim qoʻshnimdan xabar,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Uyim emas koʻnglim torligi,
Marhamatga qalbim zorligi.
Menda doʻstning xaqqi borligi,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Koʻpning rizqi bu kunlar inon:
Bir piyola suv va qotgan non!
Menda esa koʻpligi imkon,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Zoʻrligim-chun qaddim gʻozligi,
Qish payti ham xonam yozligi,
Nolishim moʻl, shukrim ozligi,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Yodga oldim tark etib bogʻin,
Sahobalar qamalda chogʻin.
Yeganligi daraxt yaprogʻin,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Cheksiz gunohlarga botganim,
Ertan yemay bugun totganim-
Yaroqsiz deb taom otganim,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Iymon qasrin yemirganim ham,
Ixlos koʻshkin kemirganim ham.
Yeyaverib semirganim ham,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Bir yomon bir yomon siqilib,
Yigʻlayverib qoldim yiqilib.
Oʻlganligi koʻpning tiqilib,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Ishlasada ogʻritgancha bel,
Yogʻganda ham tinim bilmay sel.
Xali-xanuz qashshoqligi el,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Uchma-uch yetsada oyligi.
Xalqning juda xotamtoyligi.
Sultonu vazirlar boyligi,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.
Darkorligi har kun “erishim”,
Savob qilib, savob terishim.
Sohibiga zakot berishim,
Iftor chogʻi yodimga tushdi.