Abdurrohman Abdulloh Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

- Joynamoz usti romantika joyi emas.

- Haj yoki umra romantika joyi emas.

Aksincha shariatda bu jinoyat sanaladi.

Ana o’shalar u joylarga faqat qo’rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! [2:114]

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin !

Sunnatda kelgan hayit tabrigi :

Vosila ibnul-Asqo roziyallohu anhu aytadilar:

Hayit kuni Rasulullohﷺga yo‘liqib "Alloh bizdan ham sizdan ham qabul qilsin" dedim.  Rasululloh ham : "Alloh bizdan ham sendan ham qabul qilsin dedilar"

(Bayhaqiy)

Nega hayitda "Qabul" so‘raladi desang, chunki haqiqiy hayit, Alloh huzurida maqbul bo‘lgan kishining hayiti !

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar:

"Agar Alloh mendan ikki rakat namozimni qabul qilganini bilsam undan keyin o'lib olish orzuyim edi.  Chunki Alloh taolo aytadi:

"Alloh faqat taqvodorlardan qabul qiladi "

(Moida.27)

Alloh undan ramazonni qabul qilgan taqvodorlarga hayit muborak!

Alloh taolo munofiqlarning ibodat va sadaqalarini qabul bo'lmagani sababi haqida aytadi:

"Ular namozga faqat dangasalik bilan keladilar. Nafaqa qilsalar ham yoqtirmagan holda qiladilar"

(Tavba.54)

Namozga g‘ayrat bilan turgan, yaxshi ko‘rib nafaqa qilgan mo‘minlarga hayit muborak!

Alloh tavba qilganlar haqida aytadi:

"Ana o‘shalardan qilgan amallarining eng yaxshilarini qabul qilamiz va yomonliklaridan kechib yuboramiz.."

(Ahqof.16)

O‘tgan gunohlaridan tavba qiluvchilarga hayit muborak!

Alloh Imronning xotini haqida aytadi:

"U dedi : "Robbim! Men qornimdagi (Maryam)ni sen uchun ozod qilib nazr qildim. Uni mendan qabul qilgin.. Bas , Robbisi undan go‘zal ko‘rinishda uni qabul qildi.."

(Oli Imron.35,37)

Farzandlarini o‘ziga xizmatkorlikdan ozod qilib Allohga xizmatkor qilib tarbiya qiladigan onalarga hayit muborak !

Alloh Ibrohim va Ismoil alayhimassalam haqida aytadi:

"Ibrohim va Ismoil ka'bani poydevorini ko‘tarar ekan "Ey Robbimiz ! Bizdan qabul qilgin" dedilar.. "

(Baqara.127)

Din yo'lida farzandini qurbon qilishga tayyor otalar va din yo‘lida otasiga yordamchi bo'lgan farzandlarga hayit muborak!

Rasululloh ﷺ

"Agar qul hojasidan qochsa uning biror namozi qabul bo'lmaydi"

(Muslim)

Hojasidan qochmagan vafodorlarga  hayit muborak!

Rasulullohﷺaytdilar:

"Masjidga atir sepib chiqqan ayol to uyiga qaytib janobatdan g'usl qilgandek g'usl qilib (atirini yuvmaguncha) namozi qabul bo'lmaydi"

(Abu Dovud)

Nomahramlar uning hidini ham hidlamagan opa-singillarga hayit muborak!

Rasulullohﷺ aytdilar:

Uch toifaning namozi boshidan bir qarich yuqoriga ko‘tarilmaydi:

"Qavmi uni yomon ko‘rsa-da ularga imom o‘tib olgan kishining.

Eri undan norozi holda tunagan ayolning.

Xusumatlashib bir-biridan aloqani uzgan aka-ukalarning"

(Ibn Mojah)

Qavmini rozi qilgan boshliqlar, erini rozi qilgan ayollar, silayi rahmni uzmagan aka-ukalarga hayit muborak !

Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin!

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Интернетда сотиладиган ҳар қандай пулли курсларни текин ердан топса бўлади. Тил, психология, традинг, шариат, компютер соҳалари. Биздан талаб қилинган нарса озгина тил билиш (инглиз/рус) ва тер тўкиш керак.

Айниқса пул топиш ҳақида пулли дарслар сотадиганлар қизиқ)) Ўзинг пул топа олсанг нега одамлардан дарсинг эвазига пул сўраябсан? Ёки яхши ўхшатолмаябсанми пул топишни? Унда ўзингда йўқ нарсани бошқаларга ўргатасанми? Улар ҳуддики ўз келажагини билмайдиган фолбинларга ўхшашади.

Ажрашган ёки ҳали эрга тегмаган қизчалар оилавий муносабатлар бўйича курслар сотиши, эрини тўлиқ “ўзиники” қилиш учун ҳар нарсага тайёр аёллар эса ақлини ишлатмай шунақа курсларни сотиб олиши кулгилик ҳолат).

Дарслар текин бўлса қадрли бўлмайди яхши ўқолмайман дейдиганларга келсак, ундайлар пулга олган курсини ҳам қойиллатиб ўқимайди.

Бизни дарсларимиз ўшандай қиммат дарсларнинг текин версияси. Ўқиган ўқиб қолсин.

©Hakim

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

"Агар бирортангиз масжидда ўтирганида эснаса, ўтирган ўрнини бошқа жойга ўзгартирсин." (Абу Давуд)

Қадр кечалари уйқи қийнаган биродарларга Росулуллоҳ ﷺдан тафсия. Уйқингиз келдими, жойингизни ўзгартиринг.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Фажр намозидан сўнг қуёш чиққунга қадар зикр қилиб ўтиришликни фазлини ҳам унутма !

Send as a message
Share on my page
Share in the group