Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin !
Sunnatda kelgan hayit tabrigi :
Vosila ibnul-Asqo roziyallohu anhu aytadilar:
Hayit kuni Rasulullohﷺga yo‘liqib "Alloh bizdan ham sizdan ham qabul qilsin" dedim. Rasululloh ham : "Alloh bizdan ham sendan ham qabul qilsin dedilar"
(Bayhaqiy)
Nega hayitda "Qabul" so‘raladi desang, chunki haqiqiy hayit, Alloh huzurida maqbul bo‘lgan kishining hayiti !
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu aytadilar:
"Agar Alloh mendan ikki rakat namozimni qabul qilganini bilsam undan keyin o'lib olish orzuyim edi. Chunki Alloh taolo aytadi:
"Alloh faqat taqvodorlardan qabul qiladi "
(Moida.27)
Alloh undan ramazonni qabul qilgan taqvodorlarga hayit muborak!
Alloh taolo munofiqlarning ibodat va sadaqalarini qabul bo'lmagani sababi haqida aytadi:
"Ular namozga faqat dangasalik bilan keladilar. Nafaqa qilsalar ham yoqtirmagan holda qiladilar"
(Tavba.54)
Namozga g‘ayrat bilan turgan, yaxshi ko‘rib nafaqa qilgan mo‘minlarga hayit muborak!
Alloh tavba qilganlar haqida aytadi:
"Ana o‘shalardan qilgan amallarining eng yaxshilarini qabul qilamiz va yomonliklaridan kechib yuboramiz.."
(Ahqof.16)
O‘tgan gunohlaridan tavba qiluvchilarga hayit muborak!
Alloh Imronning xotini haqida aytadi:
"U dedi : "Robbim! Men qornimdagi (Maryam)ni sen uchun ozod qilib nazr qildim. Uni mendan qabul qilgin.. Bas , Robbisi undan go‘zal ko‘rinishda uni qabul qildi.."
(Oli Imron.35,37)
Farzandlarini o‘ziga xizmatkorlikdan ozod qilib Allohga xizmatkor qilib tarbiya qiladigan onalarga hayit muborak !
Alloh Ibrohim va Ismoil alayhimassalam haqida aytadi:
"Ibrohim va Ismoil ka'bani poydevorini ko‘tarar ekan "Ey Robbimiz ! Bizdan qabul qilgin" dedilar.. "
(Baqara.127)
Din yo'lida farzandini qurbon qilishga tayyor otalar va din yo‘lida otasiga yordamchi bo'lgan farzandlarga hayit muborak!
Rasululloh ﷺ
"Agar qul hojasidan qochsa uning biror namozi qabul bo'lmaydi"
(Muslim)
Hojasidan qochmagan vafodorlarga hayit muborak!
Rasulullohﷺaytdilar:
"Masjidga atir sepib chiqqan ayol to uyiga qaytib janobatdan g'usl qilgandek g'usl qilib (atirini yuvmaguncha) namozi qabul bo'lmaydi"
(Abu Dovud)
Nomahramlar uning hidini ham hidlamagan opa-singillarga hayit muborak!
Rasulullohﷺ aytdilar:
Uch toifaning namozi boshidan bir qarich yuqoriga ko‘tarilmaydi:
"Qavmi uni yomon ko‘rsa-da ularga imom o‘tib olgan kishining.
Eri undan norozi holda tunagan ayolning.
Xusumatlashib bir-biridan aloqani uzgan aka-ukalarning"
(Ibn Mojah)
Qavmini rozi qilgan boshliqlar, erini rozi qilgan ayollar, silayi rahmni uzmagan aka-ukalarga hayit muborak !
Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin!