UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Turmush o’rtog’imni qanday bo’lishini xohlayman?

Bundan ham muhim bo’lgan bir savol bor!

“Ilmli, taqvoli, kelishgan, axloqli…” kabi ro’yxat tuzishdan, avval men oʻzim qanday insonman deb savol berish adolatli bo’ladi.

“Pokiza ayollar, pokiza erkaklar uchun” oyatini yuzaki tushunishimiz kerak emas. Pokizalik faqatgina o’tmish hayot bilan bog’liq emas.

Niyatlar, unga yarasha harakatlarning ham pokizaligi.

Fikrlar pokizaligi.

Ong pokizaligi.

Dunyoqarash pokizaligi bular juda muhim.

“Men shunday odamni xohlayman” deyish oson-u, ammo bu bilan ish bitmaydi.

Siz xohlagandek inson nega aynan sizni tanlashi kerak?

Sizda, unga bera oladigan nima bor?

Hayolingizdagi mukammal insoningiz, o’ziga juft sifatida huddi shunday mukammal insonni xohlamaydimi?

Siz o’sha (juftingiz uchun) har tomonlama mukammal inson bo’la olasizmi?

Fikrlashi keng insonni xohlab, o’zimiz kichik doiracha ichida aylanib yurishimiz noto’g’ri!

Mas’uliyatli inson xohlab, o’zimiz bee’tiborlar toifasidan bo’lishimiz noto’g’ri!

Taqvoli inson xohlab, o’zimiz bunga amal qilmasak noto’g’ri!

©mutahharuz

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Daminbek Khamidov Сhanged his profile picture
10 month
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group