umma1709539335 Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Bir kun bolalarcha aqlim bilan:

- Inson Allohni qanday va qancha sevishi kerak? - deb so'radim.

- Nafasingni tutib tur-chi , - dedi u.Tushunmagandek qarab turdim. - Nafas olmay tur! - deb takrorladi bobom.

Nafasimni ko'proq tutib turish uchun chirandim. Chamasi, o'ttiz soniyadan so'ng qiynala boshladim.Bobom nafas olib qo'yishimni sezib, og'iz-burnimni berkitdi. Bo'g'ila boshladim.Bobomning zabardast qo'llariga kuchim yetmasdi. O'zimni juda yomon his qila boshladim.Tipirchiladim, ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi. Nihoyat, bobom qo'llarini qo'yib yubordi. Hozirgacha o'sha bir necha soniyalik nafassiz qolgan kunimni aslo unutolmayman. Menimcha, umrimdagi eng chuqur nafasni bobom qo'llarini qo'yib yuborgan paytda olgan boʻlsam kerak. Bir necha daqiqa to'yib-to'yib nafas oldim.

- Bobo..? - dedim nega bunday qilganini anglamay.

- Nafas ololmay qolganingda eng ko'p nimaga ehtiyoj sezding?- dedi bobom.

- Havoga!

- Odamga havo shunchalik zarurmi?

- O'lib qolay dedim, bobo! - deganimda, shunday javob bergan edi:

-

Ana, ko'rdingmi, Allohga ham xuddi shunday ehtiyoj sezish va uni shunchalik sevish kerak, o'g'lim!

Eyvalloh, Sayyoh | Hikmat Anil O'ztekin

Misbah nashriyoti

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

📖 Qur'oni karimdan 3 oyat o'qishda qancha ajr bor?

• Qur’oni Karimning 1 sahifasida 15 qator bor;

• Har-bir qatorda 30 ga yaqin harf bor;

• Birgina sahifaning o'zida 450 ga yaqin harf bor;

• Har bir harfga 10 tadan ajr desak, 4500 ajr;

• Bir kunda 4500 ajr.

Imom Muslim onamiz Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qiladi:

"Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan

•"Allohga sevimli amal qaysi?"-deb so'ralganida u zot:

"Oz bo'lsa ham davomli bo'lgani" deb javob berdilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadi:

"Bir kishi bozordan yoki ishdan kelib to'shakda o'tirgan joyida Qur'ondan 3 oyat o'qishidan nima to'sadi? " dedilar.

3 oyat agar 3 qator bo'lsa 90 ta harf, 90 ta harf esa 900 ajr demakdir.

Kim 5 daqiqada bundan ham ko'proq ajrni qo'lga kirita oladi?

Tasavvur qilsak: Oxiratda: Alloh huzurida qabul bo'lgan birgina ajr dunyolardan afzaldir.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group