Translation is not possible.

Bir kun bolalarcha aqlim bilan:

- Inson Allohni qanday va qancha sevishi kerak? - deb so'radim.

- Nafasingni tutib tur-chi , - dedi u.Tushunmagandek qarab turdim. - Nafas olmay tur! - deb takrorladi bobom.

Nafasimni ko'proq tutib turish uchun chirandim. Chamasi, o'ttiz soniyadan so'ng qiynala boshladim.Bobom nafas olib qo'yishimni sezib, og'iz-burnimni berkitdi. Bo'g'ila boshladim.Bobomning zabardast qo'llariga kuchim yetmasdi. O'zimni juda yomon his qila boshladim.Tipirchiladim, ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi. Nihoyat, bobom qo'llarini qo'yib yubordi. Hozirgacha o'sha bir necha soniyalik nafassiz qolgan kunimni aslo unutolmayman. Menimcha, umrimdagi eng chuqur nafasni bobom qo'llarini qo'yib yuborgan paytda olgan boʻlsam kerak. Bir necha daqiqa to'yib-to'yib nafas oldim.

- Bobo..? - dedim nega bunday qilganini anglamay.

- Nafas ololmay qolganingda eng ko'p nimaga ehtiyoj sezding?- dedi bobom.

- Havoga!

- Odamga havo shunchalik zarurmi?

- O'lib qolay dedim, bobo! - deganimda, shunday javob bergan edi:

-

Ana, ko'rdingmi, Allohga ham xuddi shunday ehtiyoj sezish va uni shunchalik sevish kerak, o'g'lim!

Eyvalloh, Sayyoh | Hikmat Anil O'ztekin

Misbah nashriyoti

Send as a message
Share on my page
Share in the group