Asmo Abdusattor Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Followers
1
Translation is not possible.

ZEHN VA XOTIRANI KUCHAYTIRUVCHI OMILLAR

🍯1. Asal.

Zuhriy Ibn Jurayjga: «Asal yeb yur, chunki u xotira uchun yaxshidir», degan.

🥛2. Sigir suti.

Bir kishi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga koʻp narsalarni unutib qoʻyishidan shikoyat qilganida, u kishi: «Sigir sutini ichib yur. U yurakka dalda beradi va unutishni ketkazadi», degan ekanlar. (Xatib rivoyat qilgan).

3. Mayiz.

Zuhriy: «Kim hadis yodlashni istasa, mayiz yesin», degan.

4. Lubon

(Daraxtdan olinadigan sutsimon modda, daraxtning shirasi).

Bir kishi Anas ibn Molik roziyallohu anhuga unutuvchanligidan shikoyat qilibdi. Shunda u kishi: «Lubon ichib yur. Uni kechasi ivitib qoʻyib, ertalab och qoringa bir xoʻplamdan ichasan. U xotira pastligini yaxshi davolaydi», degan ekanlar.

5. Misvok.

Qurʼoni Karim qiroatidan avval ogʻizni misvok bilan tozalash tilovat odoblaridandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Misvok ogʻizni tozalovchi va Robbni rozi qiluvchidir», deganlar. U ogʻizni hushboʻy qiladi, nutqni ravonlashtiradi, hisni kuchaytiradi, uyquni qochiradi, ovozni tiniqlashtiradi va balgʻamni oladi.

Zarnujiy aytadi: «Balgʻam va botlar kamaygan sari hofiza kuchayaveradi. Balgʻam koʻpayishi unutishga olib boradi».

🫙6. Zamzam.

Oʻtgan solihlarimiz shifo, talabi ilm va boshqa ulugʻ maqsadlarni niyat qilib, zamzam suvini ichganlar. Zamzam ichishdan oldin manfaatli ilm soʻrab duo qilish asarlarda kelgan.

Imom Ibn Hajar rahimahulloh hadis yodlashda Imom Zahabiydek boʻlishni Allohdan iltijo qilib zamzam ichganlar va natijada u kishidan ham oʻzib ketganlar.

Shuni taʼkidlash lozimki, yuqorida aytib oʻtilgan asal, sigir suti, mayiz, lubon, misvok va zamzam kabi sabablar Alloh taolo tavfiq bergandagina foyda beradi. Ularni silohga qiyoslash mumkin.

Qoʻlning mohir harakati boʻlmasa, har qanday zoʻr silohdan biror ish chiqmaydi. Xuddi shunga oʻxshash, mazkur yemaklarni tanovul qilish bilan birga, zehn va xotira toʻgʻri hamda toʻxtovsiz ishlatilmas ekan, ularning faqat chiqindiga aylangani qoladi. Aks holda bu yeguliklarni moʻl-koʻl isteʼmol qilib yurgan koʻpchilik hofizu olim boʻlib ketishi mumkin edi.

📚 «Keling, Qurʼon yodlaymiz» kitobidan.

Send as a message
Share on my page
Share in the group