Diqqat, uzunroq post:)
Shu o’tgan bir yil ichida yanada amin bo’ldimki, inson faqat Robbisiga yaqin bo’libgina huzurga erishadi. Qadar qanday yozilgan bo’lsa, shundayligicha qabul qilolsagina muvafaqqiyatga erishadi. Ibodatlarni tartibga solibgina, sakinat topa oladi. Qanchalik ko’p yaxshilik qilinsa, ikki barobar qaytadi. O’zi haqida aytilgan biron-bir noto’g’ri gapni “U shunchaki meni zohirimni ko’rib aytyapti, Alloh esa meni botinimni biladi”, deb oddiy qabul qilsa, dili unchalik og’rimaydi. Alloh uni qanchalik kechirishini istasa, inson ham uning dilini xufton qilgan insonlarni kechirolsa, yanada yengil bo’ladi. Arziydigan insonlar tomon qadam tashlansa, xoh uzr so’rash uchun bo’lsin, xoh gap boshlash uchun, bu g’urursizlikka kirmasligini, aksincha, bu insoniylik sifatlaridanligini biladi. Insonning yaqinlari ketishidan oldin qadriga yetish bu - yomon ishga kirmaydi, aksincha, eng yaxshi fazilatligini bilsa, hayoti yanada osonlashadi. Qo’yib yuborilgan narsalar uchun afsus chekmaslik kerakligini biladi, Robbisiga shukr qiladi, chunki inson biladiki, olingan narsa o’rniga eng afzali keladi. Uning hayotiga kirib kelganlarning bari dars bo’lishini biladi. Barchasini yaxshilikka deb qabul qiladi, ong ostida uni qiynaydigan savollarga Robbisi bir kuni go’zal tarzda javob qaytarishini biladi...
Sizchi, nimalarni anglab yetdingiz?🤍