Koʻpchilik Qur’on oʻqiyotganda vasliy hamza kelib qolsa ibtido (oʻsha soʻzdan boshlash)da doim fatha bilan harakatlantiradi yoki 3-harfning harakatiga qaraydi. Ammo bu yoʻl doim ham ishlayvermaydi, ya’ni 3-harfning harakatiga qarash faqat fe’llarda boʻladi. Quyida vasliy hamzaga qachon qaysi harakat berilishini sodda tushuntirib oʻtaman💕
1. Vasliy hamza faqat ال bilan boshlangan soʻzlarda fatha oladi:
الْعَالَمِينَ | الصِّرَاط
2. Agar ال artikli bilan boshlanmagan boʻlsa, avval uning ism yo fe’lligini bilishimiz lozim. Arab tilini bilmasangiz, suratda⬆️Qur’onda kelgan vasliy hamza bilan boshlanuvchi ismlarning barchasi berib oʻtilgan, biror yerga yozib oling va bu soʻzlarning barchasida vasliy hamzadan boshlasangiz 3-harfga qaramay kasra bilan oʻqing: ibnu, imroatu, ibnatu, istikbaron..
3. Agar soʻz ال artikli bilan boshlanmagan va yuqoridagi soʻzlardan biri ham boʻlmasa, unda fe’l boʻladi va mana shunda vasliy hamzani ham hisoblab soʻzdagi 3-harfning harakatiga qaraymiz:
- agar 3-harf damma harakatli boʻlsa, vasliy hamzani ibtidoda ham damma bilan oʻqiymiz:
ادْخُلُوا –
xo harfi dammali, demak [udxuluu]
- agar 3-harf fatha yo kasrali boʻlsa vasliy hamzani ibtidoda kasra bilan oʻqiymiz:
اهْدِنَا –
dal harfi kasrali, demak [ihdinaa]
اتَّقوا –
ta harfni fathali*, demak [ittaquu]
*shaddali harf 2ta hisoblanadi