UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
1
Translation is not possible.

Meni soʻraganlarga bildiring...

Na sizning haqqingizni va na Mening haqqimni ado eta oldi. Oʻzidek boʻlib yashashdan charchagan, aslida dunyoga kelganiga pushaymon.

Qaniydi tuproq boʻlsa...

Ne qilsa xato.. ne qilmasa qusur...

U yoqda yashashni eplolmaydi, bu Yoqqa kelgani qoʻrqadi...

Shu uchun charchagan

https://t.me/Kenja_Botirjon

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Ё Роббим! Бандалигим ҳаққи, мендан ғазабингни кўтармоғингни сўрайман! Ўзимдан ҳамма даъволарни ташлаб, ҳар қандай ҳол ва қувватни кечиб ва қудратинг меҳробига хорлик кийимини кийиб, мана мен келдим!

Банданг эканман, мени ҳаргиз зое қилмайсан! Рубубиятингга бош эккан ва Жалолингга тиз чўккан бандангни ҳеч қачон зое қилмайсан!

Ахир Раҳим Мавлоси ҳузуридаги қул қандай зое бўлсин?! Яна У Мавло раҳмлиларнинг раҳмлиси бўлса!

Мустафо Маҳмуд, "Гуноҳ ва поклик қўшиқлари" китобидан

https://t.me/Kenja_Botirjon

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

O‘zining fuqarosini yaxshi ko‘radigan davlat haqiqatni aytgani uchun fuqarosini oborib 15 sutkaga qamamaydi.

Noaniq axborotga qarshi kurashishning boshqa insonparvar yo‘llari ham ko‘p, albatta qamash shart emas.

https://t.me/Kenja_Botirjon

11 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Yo Ilohi Makka - Madinaga yetar kun bormikan!

Tashna borib obi zaz-zamdan ichar kun bormikan!

Ustuni Hannonu - Mannonni quchar kun bormikan!

Ravzangizga termulib jon topshirar kun bormikan!

https://t.me/Kenja_Botirjon

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

LA ILAHA ILLALLOH DEYA JON BERDI....

Kechagina ajib voqea yuz berdi. Oilaviy umraga kelayotganimizda uchish reysimiz 1-2 kun kechikib, oxiri Madinaga emas, Makkaga uchdik. Oramizda Piskentlik Islom hoji buva ham bor. Makkaga kelib umrani boshladik. Ora orada hech kimni biror narsa bezovta qilmayaptimi, biror yordam kerak boʻlsa aytinglar, deya soʻrab turibmiz.

Hamma yaxshi, deyishadi.

Tavofni bajarib boʻldik.

Birgalikda rasmga tushdik.

Soʻngra saʼy boshlandi.

Safodan Marvaga yoʻl oldik.

Birdan Islom otani mazasi boʻlmadi. Darrov chekkadagi stulga oʻtirgʻizdik. Tezda odam yigʻilib ketdi. Politsiyachiga vaziyatni tushuntirilgach, tez yordam chaqirdi.

Bu orada bir necha ajib holatlar yuz berdi...

1. Voqeani telefonga olmoqchi boʻlishdi va politsiyachi arab barchasini telefonini olib qoʻydi...

2. Bir odam La ilaha illalloh, dedi. Shunda boʻgʻriqib turgan Islom ota ham La ilaha illalloh, dedi va xushini yoʻqotdi.

3. Nima qilishga hayron boʻlib turganimizda ehromli bir kishi Indoneziyalikka oʻxshadi, tez kelib boʻyin tomirini koʻrdi va yotqizib yuragini uqalay boshladi. Shu zahoti yana bir kishi Afrikalikka oʻxshadi, yordamga qoʻshildi.

Ikkalalari ham doktor ekan!

4. Qayerdandir ikki yoshroq ayol kelib Islom otani oyoqlarini uqalay boshlashdi.

5. Bir yosh arab qizcha onasi bilan yaqinda turib yigʻidan oʻzini toʻxtatolmay qoldi. Onasiga qizingiz qoʻrqib qolmasin ketinglar, dedim ketishmadi.

6. Tez yordam kelib muolajani boshladi. Yurak uradigan apparatida yurak bir urib bir toʻxtab turipti. Oxiri kasalxonaga olib ketishdi.

Islom ota vafot qildi..

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimning oxirgi kalomi La ilaha illalloh, boʻlsa jannatga kiradi, deya marhamat qilganlar.

Soʻngra yuvishga olib borildi.

Kafanlashayotganida umra saʼyida vafot qilganlari aytildi.

Yuvuvchi "Ehheye shunaqami deb", yangi katta ehromga kafanladi va" bu juda ulkan maqom!", dedi.

Alloh taolo bir insonni Oʻz Kaʼbasida, umra qilayotib, La ilaha illalloh, deya vafot etishini iroda qilgan Zotdir!

Havaslarimiz keldi.....

Suratdagi qizil chiziq bilan belgilangan inson marhum Islom hoji otadir.

Allohim xotimamizni goʻzal qilgin.

Islom otani rahmatingga qovushtirgin.

#sunnatiullox_domla_saxifasidan

https://t.me/Kenja_Botirjon

image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group