LA ILAHA ILLALLOH DEYA JON BERDI....
Kechagina ajib voqea yuz berdi. Oilaviy umraga kelayotganimizda uchish reysimiz 1-2 kun kechikib, oxiri Madinaga emas, Makkaga uchdik. Oramizda Piskentlik Islom hoji buva ham bor. Makkaga kelib umrani boshladik. Ora orada hech kimni biror narsa bezovta qilmayaptimi, biror yordam kerak boʻlsa aytinglar, deya soʻrab turibmiz.
Hamma yaxshi, deyishadi.
Tavofni bajarib boʻldik.
Birgalikda rasmga tushdik.
Soʻngra saʼy boshlandi.
Safodan Marvaga yoʻl oldik.
Birdan Islom otani mazasi boʻlmadi. Darrov chekkadagi stulga oʻtirgʻizdik. Tezda odam yigʻilib ketdi. Politsiyachiga vaziyatni tushuntirilgach, tez yordam chaqirdi.
Bu orada bir necha ajib holatlar yuz berdi...
1. Voqeani telefonga olmoqchi boʻlishdi va politsiyachi arab barchasini telefonini olib qoʻydi...
2. Bir odam La ilaha illalloh, dedi. Shunda boʻgʻriqib turgan Islom ota ham La ilaha illalloh, dedi va xushini yoʻqotdi.
3. Nima qilishga hayron boʻlib turganimizda ehromli bir kishi Indoneziyalikka oʻxshadi, tez kelib boʻyin tomirini koʻrdi va yotqizib yuragini uqalay boshladi. Shu zahoti yana bir kishi Afrikalikka oʻxshadi, yordamga qoʻshildi.
Ikkalalari ham doktor ekan!
4. Qayerdandir ikki yoshroq ayol kelib Islom otani oyoqlarini uqalay boshlashdi.
5. Bir yosh arab qizcha onasi bilan yaqinda turib yigʻidan oʻzini toʻxtatolmay qoldi. Onasiga qizingiz qoʻrqib qolmasin ketinglar, dedim ketishmadi.
6. Tez yordam kelib muolajani boshladi. Yurak uradigan apparatida yurak bir urib bir toʻxtab turipti. Oxiri kasalxonaga olib ketishdi.
Islom ota vafot qildi..
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimning oxirgi kalomi La ilaha illalloh, boʻlsa jannatga kiradi, deya marhamat qilganlar.
Soʻngra yuvishga olib borildi.
Kafanlashayotganida umra saʼyida vafot qilganlari aytildi.
Yuvuvchi "Ehheye shunaqami deb", yangi katta ehromga kafanladi va" bu juda ulkan maqom!", dedi.
Alloh taolo bir insonni Oʻz Kaʼbasida, umra qilayotib, La ilaha illalloh, deya vafot etishini iroda qilgan Zotdir!
Havaslarimiz keldi.....
Suratdagi qizil chiziq bilan belgilangan inson marhum Islom hoji otadir.
Allohim xotimamizni goʻzal qilgin.
Islom otani rahmatingga qovushtirgin.
#sunnatiullox_domla_saxifasidan
Comment has been successfully reported
The post has been successfully added to your timeline!
You have reached your limit of 100000 friends!
File size error: The file exceeds the allowed limit (9 GB) and can not be uploaded.
Your video is being processed,
We’ll let you know when it's ready to view.
It's impossible to upload the file: This file type is not supported.
We have detected adult content on the uploaded image,
therefore we have declined the uploading process.
To get a verification (tick) on the Islamic social network Umma Life, you must meet at least one of the following criteria: 1. Social network activity: Participants seeking verification must be active users of the social network. At least one useful message must be posted per day, and the message topics can be non-religious. 2. A well-known Islamic blogger or Muslim: If you are a well-known Islamic blogger or Muslim, even if your activities are not related to religious topics on the Internet, you can also apply for verification. 3. A large number of subscribers or active religious pages: If you have a lot of subscribers on social networks or you actively manage useful religious pages, this can also be a basis for getting verified. If you meet at least one of these criteria, submit an application for verification on the Islamic social network Umma Life via private message https://ummalife.com/ummalife and your account will be reviewed by the social network administration.