#633
Shuʼayb alayhissalom aytganlarki:
Agar kimdir oyoq kiyim bersa, qanchalar quvonasiz, lekin sizga oyoq bergan Allohga qanday shukr qilmaysiz!? Bir kishi uzuk sovgʻa qilsa, uni yaxshi koʻrib qolasiz, ammo sizga barmoq va qo'llar bergan Zotni unutasiz!
Haqiqatan ham shunday. Lekin biz unutganimiz sari ulugʻ Alloh yana ikrom qilaveradi, chunki U Zot neʼmatlantirishni, rizqlantirishni yaxshi koʻradi. Biz unutishdan toʻxtamaymiz, Haq taolo esa ato etishdan.
Siz bu kabi boshqa Doʻst haqida eshitganmisiz? Yoʻq! Eshitmaysiz ham! Bandaga ming marta yaxshilik qiling, lekin bir galgina aytganini bajarmasangiz, dunyodagi eng yomon odam siz boʻlasiz, shunday emasmi?
Darhol malomatlar yogʻdiradi, dilingizga ozor beradi, hayotidan oʻchirib tashlaydi. Vaholanki, unga hamisha yaxshilikni sogʻingandingiz. Bir onda sizdan voz kechdi qoʻydi.
Shuning uchun ham bu dunyoda Allohdan boshqa sodiq doʻst, U Zotdan oʻzga sizni samimiy yaxshi koʻradiganni topolmaysiz. Shunday ekan, har qanday hodisa ortida uni koʻra olish bilan Haq taologa shukrimizni, rizoligimizni izhor qilgan boʻlamiz.
Ug'ur Qo'sharning ''Hayotdan charchadingizmi? Unda Allohga qoching'' kitobidan