#635
Suffa ahlidan bir kishi Payg'ambar alayhissalomga bir kosa uzumni hadya sifatida berdi. Rasululloh alayhissalom qabul qildilar va uzumdan yeya boshladilar. Muborak og'izlariga bir dona solar va tabassum qilardilar. Ikkinchi donasini solib, yana tabassum qilardilar. U zotning bu hollarini koʻrib, hadyani keltirgan kishi sevinganidan oʻziga sig'may ketardi.
U yerda hozir boʻlgan sahobalar ham Nabiy alayhissalomni kuzatib turishar va hayratlari oshib borardi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qanday hadya kelmasin, sahobalar bilan baham koʻrardilar. Bu safar esa hech kimga bermay, oʻzlari yeyotgandilar.
Kosada keltirilgan uzum tugadi. Hadya keltirgan kishi sevinganicha ketdi. Hali ham hayron turgan sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan nega hech kimga uzumdan bermaganlarining sababini soʻrashdi. Nabiy alayhissalom bunday javob berdilar:
- U odam hadya keltirganidan juda xursand edi. Lekin uzumdan bir dona olib yesam, nordon ekan. Agar sizlarga ham berganimda, taʼmidan beixtiyor yuzingizni burishtirishingizdan, hadya qilganning sevinchiga darz yetishidan xavotirlandim.
Ug'ur Qo'sharning "Hayotdan charchadingizmi? Unda Allohga qoching'' kitobidan