UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Zamzam bulogʼining moʼjizakor suvi.

Bismillahir rohmanir rohiym.

Muborak Makkada, Masjidul Haromda Kabadagi Hajarul asvadan 18 metr masofada muborak Zamzam bulogi bor. Uning paydo bolish tarixi Aliohning ikki paygambari Ibrohim alayhissalom va Ismoil alayhissalom hayotlari bilan bogliqdir. Bu tarixni barcha musulmonlar juda yaxshi biladilar, shuning uchun unga toxtalib otirmasdan, Zamzam suvining kimyoviy tarkibi va xossalari haqida soz yuritamiz.

Alloma Tojuddin ozinig kitobida shunday yozadi: «Alloma Muhammad ibn Isxoq ibn Hujaymadan sorashdi: «Qanday qilib bunday yuksak bilim egasi bolgansiz?» U shunday kamtarona javob berdi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki, «Kim Zamzam suvini nima niyat bilan ichsa, osha narsa ijobat boladi». Men ilm istagida duo qilib ichgan edim, Alloh taolo menga ato qildi».

BAAdan kimyogar Adil Atiyya muborak suvni kimyoviy tahlil qilib, natijalarni «Al Ittihod» gazetasida chop etdi. Unga kora, hech qanday kimyoviy yoki tabiiy qayta ishlanmasa ham, bu suvda hech qanday zararli aralashmalar va organik moddalar yoq. Shuningdek, sogliq uchun xavfli bolgan fosfatlar, sulfatlar va nitratlar yoq, zararli metallar mis, qorgoshin, nikel, kobalt, aluminiy ham yoq. Biroq organism uchun foydali kalsiy, magniy, natriy, ishqor mavjud. Zamzam suvidagi kalsiy va magniy tarkibi shahar suv tarmogidagi suvdan biroz koproq. Balki shuning uchun u charchagan hojilarni tetiklashtirar. Zamzam suvi samarali bakterisid xususiyatiga ega bolgan ftoridlarni tutadi.

Olmon doktori Knut Pfayffyer otkazgan tadqiqot ishlari natijasida Ryeyn daryosi suvidan ichgan kishining kuch-quvvati kamayganini hujjatlar bilan tasdiqlagan va Zamzam suvini ichgan kishining rohatlanishini isbotladi.

Tadqiqotlarni chuqurlashtirgan olmon doktori ozini ham qattiq ajablantirgan bir holni kash etdi. Knut Pfayffyer buni shunday izohlaydi: «Zamzam suvi har qanday sharoitda asl holatini ozgartirmaydi, ammo narsalarni ozgartiradi». Olmon olimi quyidagilarni takidlaydi: «Juda ajoyib tajriba qildim. Bir tomchi Zamzam suviga yuz tomchi oddiy suvdan aralashtirdim. Qarasam, bu suv butunlay zamzam suviga aylanibdi. Ovozlar ham Zamzam suvini ozgartiradi. Tadqiqotlarga kora, Zamzamning ilk otilib chiqqan yerdagi harorati 370C darajadir».

Yapon olimi doktor Masura Emoto Zamzam suvi rangining cherkovlarda chalinadigan qongiroq ovozidan qorayishini, azon va Qur’oni Karim oqilganda esa tiniqlashishini aniqladi.

Tadqiqotlarda muzlatilgan suvning har bir kristali Kaba shakliga oxshashi ham malum boldi. Zamzam suvi haqida yozgan kitobi Yaponiyada eng kop sotilgan kitoblar orasidan orin olgan doktor Masura Emotoning fikricha, Zamzam suvi fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari jihatidan dunyodagi butun suvlardan farqlidir.

«Musulmonlar xasta odamni davolashda nega Quroni Karimni oqib, suvga dam urishlarini endi yaxshiroq tushunmoqdaman», deydi Masura Emoto.

Jahon sogliqni saqlash tashkilotining xulosasiga kora, Zamzam suvi ichishga yaroqli va sogliq uchun foydali suvdir. Amerikada otkazilgan tadqiqotlarga kora, dunyodagi mikroorganizm va bakteriyalar bolmagan yagona suv Zamzam suvidir. Yevropadagi laboratoriya tadqiqotlari esa yuqumli kasalliklarga qarshi tasirchan bolgan Zamzam suvida uglevodorod va oltingugurt moddalarining boshqa suvlardagiga nisbatan kamroq miqdorda ekanligini va suvning toydirish xususiyati juda katta ekanini korsatgan.

Soʼzimiz yakunida haj va umraga borishni niyat qilganlarga qarata murojaat qilib aytar sozimiz muborak Makkada bolar ekansiz, Zamzam suvini toyib toyib iching. Va albatta, Zamzamni vataningizga, qarindoshlaringiz va yaqinlaringiz uchun olib kelishni unutmang! Butun olamlarning Robbi Allohga hamdlar bolsin!

Maqolani Fargona viloyat Qoqon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab Kimyo fani oʼqituvchisi Normatov Muzaffar Muxammedovich

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Quron va sunnatdagi ilmiy mojizalar kitobining Toshkent «Hilol-Nashr» 2020-yil, 257-263 betlar asosida tayyorladi.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#kimyoviy_boshqotirma

❓Qaysi kimyoviy idish 1-boʻlib toʻladi?

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Kimyoviy rebus javobini toping?

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group