UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Tolibi ilm

Translation is not possible.

DUNYO

Menga boqib miyig‘ida kulgan dunyo,

Meni tuproq, o‘zni osmon bilgan dunyo,

Seni momom cho‘miltirgan yuvib-tarab,

Seni bobom tetapoya qilgan, dunyo!..

Ey, o‘tmishdan o‘tgan kunin so‘ramagan,

O‘zbek borsa kim qo‘liga qaramagan?

Botirlari qul bo‘lishga yaramagan,

Suluvlari bo‘yniga osilgan dunyo!

Moziy manim borimni yod etib siylar,

Dilin obod, ruhlarin shod etib siylar.

Shoh G‘azzoliy, shoh Tabriziy, shoh Rumiylar...

Chorig‘ini yelkasiga ilgan dunyo.

Sen sig‘ingan — o‘sha jondin ortiq senga

Tojmahal ham bir bobomdan tortiq senga.

Kulma menga, iddaolar qilma menga —

To‘qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo!

Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi,

Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi.

Sinoning etagin o‘pib Ovruposi,

Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo.

Mening ko‘shkim ko‘kda — unga yetmaydi qo‘l,

Mening ko‘rkim ko‘ngil, unga eltgay bir yo‘l,

Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l —

Sen Islomdan iymon darsin o‘rgan, dunyo!..

✍ Muhammad Yusuf

Send as a message
Share on my page
Share in the group
ziyoizla hanafiy Сhanged his profile picture
4 months
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group