Ilxom Nazirov Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.

Denzel Vashingtonning xulosalari.

Mana sizga 10 yoqimsiz hayotiy haqiqat:

1. Oylik maosh - orzularingizni unutishingiz uchun berib turiladigan  narkotik.

2. Agar siz qulay fursatni kutsangiz, butun umringizni o'tkazib yuborasiz va oqibatda hech nimaga erishmaysiz.

3. Do'st va yaqinlaringiz nechog'li ishonchli bo'lmasin, ularga o'zingiz haqingizda hech nima aytib bermang.

4. Siz muvaffaqiyatga erisha boshlaganingizda do'stlaringuzning 99%ini yo'qotasiz.

5. Ota-Onangizni kechirib, o'z muammolaringizda ularni ayblashni bas qilsangiz, o'n karra baxtliroq yashashni boshlaysiz.

6. Hech narsani yuragingizga yaqin olmaslikni boshlaganingizda ulg'aya boshlaysiz.

7. Sizga shaxsiy rivojlanishni o'rgatadigan 100 ta  kitob kerak emas, sizga intizom va harakat kerak.

8. Bu dunyoda eng qiyini - orzular sari intilish. Eng osoni esa  nolish.

9. 30 yoshga kirganingizda atrofingizdagj do'stlaringiz daromadi, oilasi, sog'lig'i haqida qayg'uradigan bo'lishi kerak.

10. Odamlar hayotini zaharlayotgan insonlardan yolg'izlikdan qo'rqqanu uchun ham voz kecholmay chidab yashayveradi,

Ps. Tarjima so'zma-so'z aynan bo'lmasligi mumkin.

@suvaydo

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#nazm

Buxoriy bobom

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,

Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.

Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,

Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.

Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,

Ayoling past qilgan xayolingga mast.

Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,

Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!

Namuncha dunyoning quliga do‘nding,

Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.

Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,

Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.

Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,

Arzimas matoni egningdan irg‘it.

Rosulim, rosulim, deysanu, ammo

Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.

Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,

Tushingda zinolar qilsang bemalol.

Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,

G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.

Agar ajratmasang oqu, qorani,

Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.

Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,

Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.

Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab

Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...

Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,

Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,

Innamal ʼamolu binniya, debon

Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.

Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,

Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.

Amalga intilgin, hadislar yodla,

Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.

Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,

Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.

Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,

Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.

Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,

Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,

Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam

Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,

Maqsadi ziyorat qasdida balkim...

Turli marosimlar uyushtiribdi,

Yoshimni falon deb sanab yuribdi.

Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,

Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.

Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,

Bu holni his qilar har aqli raso.

Bu ishlar o‘rniga ahli farosat

Go‘zal hadislardan izlar nafosat.

Rosuli Akramning har bir so‘zlarin

Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.

Garchi ul zot uchun borim berganman

Payg‘ambar qabriga topinmaganman.

Jami qudusiyat Allohga mutlaq,

Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!

Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib

Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.

Xalqim, turkiy zabon, istasa javob

Hadisni o‘qisin, menga shu savob!

O‘tgan kunlarini aylabon nosih,

Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!

Tushimga kiradi Buxoriy bobom,

Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.

Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,

Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.

Borib ul supani sidirib qaytgin,

Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.

Buxoroning nomi “bu xoro”midi,

Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?

Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar

Bugun bir hadisdan tamom bexabar.

Qizlari yalong‘och, erlari beor,

Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?

Agarchi Islomning dardin yemaslar

Buxoriy nomiga haqli emaslar.

O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb

Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.

Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,

Ilohiy amrga hamisha someʼ!

Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:

Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!

Istasalar ruhim bo‘lishini shod

Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!

Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,

Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.

- Xayrulla Hamidov

Send as a message
Share on my page
Share in the group