Mahfuzaxon Ibrohimova Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Тарҷума мумкин нест.

O'zingizda bo'l(ma)sa...

Bir kasbda mutaxassis bo'lish uchun shu sohaga vaqt sarflashdan tashqari o'sha soha uchun diqqatni jamlash, fokusni aynan unga bog'liq ishlarga yig'ish , eng asosiysi o'sha yo'nalishga qiziqish kerak.

Qaysi soha bo'lmasin bir e'tibor bering, sohasiga adashib kirib qolganlar bor. Qancha urinmasin, ko'nglidagidek chiqmaydi qilayotgan ishi. Nimadir yetishmayotgandek bo'laveradi.

O'sha yetishmayotgani qiziqish bo'lsa, bu juda katta minus.

Tasavvur qiling, bir ishni bajaryapsiz, hech ichingiz chiqmayapti. Hadeb qaytadan shu ishni qilgingiz keladimi? Yo'q albatta.

Ikkita yo'l bor: qiyin va oson.

Qiyin yo'l - o'zingizni majburlab shu ishni qilish(sabab keltirib, atrofni fikriga quloq solib).

Oson yo'l - sohani almashtirish, qiziqishingiz bo'lgan, kam vaqt sarflab, sifatli, o'zingiz istagandek mukammal bajara oladigan bir soha ishiga.

Agar qiyin yo'lni tanlasangiz o'zingizda bo'lmagani uchun qancha vaqt sarflamang, qancha diqqatingizni jamlamang, hamma mehnatingiz uvol bo'ladi qoladi. Kelajakda tanlagan sohangizni zo'ri bo'lolmaysiz. Oddiy ishchilardek, hamma qatori bo'lishingiz mumkin, agar mehnatlardan charchab qolmasangiz.

Sizni shu hayot , shu lavozim, shu daromad sizni qoniqtirsa, marhamat qiyin yo'lni tanlang.

Agar oson yo'lni tanlasangiz, o'zingizda bo'lgani uchun kam vaqt sarflab turib ham, sifatli ish bajara olasiz. Diqqatni jamlash, fokusni aynan o'sha ishga yig'ish uchun ortiqcha vaqt sarflamaysiz, shundog'am o'zingizga yoqqan ishni bajaryapsiz.

Sevimli ishini qilayotganlarda hayot monoton bo'lmaydi, daromad kam bo'lmaydi. O'z ustida ozgina ishlasa, sohasining eng zo'ri bo'la oladi, bemalol.

Sohasining top 5taligiga kirish yoqimli hissiyot bo'lsa kerak. Ayniqsa u yo'lni o'z qiziqishlaridan kelib chiqib tanlagan bo'lsa.

Xullasi, o'zingizda bo'lsa, hammasi oson va muvaffaqiyatli. O'zingizda bo'lmasa hammasi qiyin va natija so'roq ostida.

Qaysi yo'l ma'qul keldi?

O'zingizni kuzating, tanlagan sohangizga qaysi yo'ldan boryapsiz?

P.s: Tahlil uchun post

https://t.me/Mahfuzaxon_blog

Telegram: Contact @Mahfuzaxon_blog

Shaxsiy fikrlarimni va voqelikka subyektiv qarashlarimni yozib boraman. Boglanish uchun: @Mahfuzaxonbot
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Тарҷума мумкин нест.

Qabriston

Hayit munosabati bilan yaqinlarni ziyoratiga bordik.

Bir yo'la o'tib ketgan qarindoshlarni ham qabri boshiga borib ular haqqiga duolar qilib qaytdik.

Mozorga kirarkanman, dahlizga katta plakatlar osilgan ekan. Uyerda odamni sergak torttiradigan jumlalar bor edi.

Umring tugar , borar joying mozor bil

G'animatsan , ibodat qil, ibodat.

Musofirsan, joning tanda omonat.

Oxiratda yashay desang farog'at.

Ko'zim tushdi-yu, bir kun hammamiz o'lib ketishimizni eslab boshqacha bir hisni his qildim.

https://t.me/Mahfuzaxon_blog

Telegram: Contact @Mahfuzaxon_blog

Shaxsiy fikrlarimni yozib boraman Boglanish uchun: @nizomjonovnaa Spam bolsangiz: @Mahfuzaxonbot
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Тарҷума мумкин нест.

Tirikmiz-ku

Yashayapmiz , borligimiz bilinishi kerak.

Olgan ilmimiz, bilgan nimadirimizni bizdan keyingilarga tashlab ketishimiz kerak.

Biz har birimiz bu hayotga nimadir vazifani bajarish uchun kelganmiz.

Hamma narsa uchun imkoniyatimiz bor, chunki tirikmiz!

Agar bir ishni qilishga nimadir yetishmayotgan bo'lsa, bu faqat jasorat. Ehtimol xohish))

Yetishmayotgan resurs moddiyatga borib taqalsa , bu yolg'on.

Xohish bo'lsa , jasorat qilamiz, natijaga erishamiz. Chunki biz avvalo tirikmiz, nimadir qilish qo'limizdan keladi.

https://t.me/Mahfuzaxon_blog

Telegram: Contact @Mahfuzaxon_blog

Shaxsiy fikrlarimni yozib boraman Boglanish uchun: @nizomjonovnaa Spam bolsangiz: @Mahfuzaxonbot
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Тарҷума мумкин нест.

Boylik

Moddiysi pul.

Ma'naviysi ilm.

Ikkalasi ham bo'lsa buni ishlatish uchun eng keraklisi sog'liq!

https://t.me/Mahfuzaxon_blog

Telegram: Contact @Mahfuzaxon_blog

Shaxsiy fikrlarimni yozib boraman Boglanish uchun: @nizomjonovnaa Spam bolsangiz: @Mahfuzaxonbot
Send as a message
Share on my page
Share in the group