UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
1
Translation is not possible.

🇯🇴Иорданская художница Джульетта Авад:

Палестинское сопротивление должно преподаваться в арабских и мировых университетах, демонстрируя при этом легендарные достижения и стойкость перед лицом сионистского врага.

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

☪️ Arafa kunining roʻzasi va tashriq takbiri

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining roʻzasi ming kunning roʻzasi kabidir», dedilar».

Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining roʻzasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga...» dedilar».

Bayhaqiy, Nasaiy, Tabaroniy va boshqalar rivoyat qilgan.

✦ Masala: Zulhijjaning toʻqqizinchisi, yaʼni arafa kuni roʻza tutish ulkan savoblarga sabab boʻladi. Uning sharofatidan bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlar kechiriladi. Agar zulhijja oyining dastlabki kunlaridan to toʻqqizinchi kuniga qadar roʻza tutilsa, nur ustiga nur boʻladi.

✦ Foyda: Zulhijjaning oʻninchi kunidan oʻn uchinchi kunigacha, yaʼni toʻrt kun roʻza tutish harom. Shu bois dastlabki toʻqqiz kunda roʻza tutish fazilatli.

✦ Tashriq takbirining tarixini bilasizmi?

Fuqaholar tahqiqotiga koʻra, Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilish uchun boʻyniga pichoq tortganida pichoq oʻtmadi. Shunda Alloh taolo Jabroil alayhissalomga fidya (qurbonlik qilishga qoʻy) keltirishni buyurdi. Jabroil alayhissalom Ibrohim alayhissalom Ismoil alayhissalomni soʻyib qoʻyishidan qoʻrqib, «Allohu akbar, Allohu akbar», deb takbir aytdi. Ibrohim alayhissalom buni eshitib, «Laa ilaaha illallohu vallohu akbar», dedi. Ismoil alayhissalom oʻrniga qurbonlik berilganini bilgach, «Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd», deb shukr qildi.

«Raddul muxtor»

✦ Maʼlumot uchun: Arafa kunining bomdodidan 23 vaqt namozgacha namozdan keyin bir martadan takbiri tashriq aytish jamoat bilan namoz oʻqigan kishilar zimmasiga vojib.

✦ Tashriq takbiri: Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd.

✦ Maʼnosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan oʻzga iloh yoʻqdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

📘 «Qurbonlik soʻyishlar va aqiqaga oid masalalar» kitobidan

Eslatib oʻtamiz, bu yil Qurbon hayiti 16-iyun yakshanbaga, arafa esa 15-iyun shanbaga toʻgʻri keladi.

Yaqinlaringizga ulashing. 😊

#hiloldasturlari #hilolnashr #hilolebook #qurbonlik #hayit #qurbonhayiti #ebook #elektronkitob #iqtibos

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group