Translation is not possible.

31°18’20.0” N 34°14’48.3” E

Bu Yahyo Sinvar Abu Ibrohimning so’nggi joyi. Yakuniy to’qnashuv.

Rafahning Tal Al-Sulton mahallasidagi Ibn Sino ko’chasida Yahyo Sinvar va Mahmud Hamdanning afsonaviy so’nggi lahzalari Abu Toha oilasi uyida kechdi. Agar ular g’arb tomon atigi yarim kilometr – 422 qadam yurganlarida, Al-Quds ko’chasiga yetib kelishgan bo‘lardi. Ammo ular uchun Robbisining ulug’roq rejasi tayyor edi: Quds yo‘lida shahidlik.

Uy egalari Sinvar shahid bo‘lgan mashhur divanni va uyning o‘sha tanish devorlarini darhol tanidilar. Bu joy ularning oilasi uchun nafaqat sinovlar, balki jasorat va sabr-matonat timsoliga aylangan. Ular ikki marta ko‘chirilgan: birinchi marta 1948 yil Nakba paytida, ko‘plab g‘azoliklar kabi, G‘azodagi sakkizta qochqinlar lageridan biriga joylashish uchun, va yana 2023 yilda, davom etayotgan genotsid natijasida.

Bu voqeani ko‘rgan Muhammad Abu Toha shunday yozgan:

“Biz bu so‘zlarni buyuk kurash va qarshilik timsollaridan biri bo‘lgan shahid Yahyo Sinvar haqida katta iftixor bilan yozmoqdamiz. U Rafah shahrida mening amakimning o‘g‘li, Ashraf Abu Toha uyida shahid bo‘ldi.

Bizning Abu Toha oilamiz bu tarixiy lahzaning bir qismi bo’lganidan faxrlanadi, chunki bu uy ozodlik va qarshilik ramzi bo‘lib qoladi. Hatto oxirgi qarshilik tayoqi ham uyimizdan chiqqanini iftixor bilan e’tirof etamiz.

Abu Ibrohim «Yahyo Sinvar» Muqaddas Falastin ozodligi uchun jonini fido qilgan haqiqiy qarshilik ramzi bo‘lib qoladi. Uning xonadonimizda shahid bo‘lishi biz uchun sharafdir va bu bizni uning qadr-qimmat va g‘urur yo‘lidan davom etishga undaydi.

Biz, Abu Toha oilasi, ahdda sobit turamiz va shahidlarimizning fidokorliklarini hech qachon unutmaymiz. Har bir shahid Falastin osmonida yulduz, to‘kilgan har bir tomchi qon ozodlik yo‘limizni yorituvchi nur bo‘ladi.

Alloh shahid Yahyo Sinvorni rahmatiga olib, joyini jannatdan qilsin.”

Qamoqxonalarni Islom ummati unutmaydi, vayron qilingan uylarimizni avvalgidan ham kuchliroq va go‘zalroq mustahkamlik yodgorliklariga aylantiramiz.

c) Ghazo

https://t.me/FaIastin

image
image
image
image
2 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group