O\'ZLIK
Javonibga serma nigohing xomush,
Ko\'zingni roʻyodan yopib ol avval,
Ko\'zguga tikilmak chorasiz yumush,
O\'zingni o\'zingda topib ol avval!
Zohirdan botinga aylagil uzlat,
So\'zingni riyodan chopib ol avval!
Ichingda musofir «men»ingni izlab,
O\'zingni o\'zingda topib ol avval!
Umring o\'zligingga butkul teskari,
Poyingni o\'n karra o\'pib ol avval.
Samoga shoshilma qoʻlni choʻzgali...
O\'zingni o\'zingda topib ol avval!
Xayrulla Hamidov
O'ZLIK
Javonibga serma nigohing xomush,
Ko'zingni roʻyodan yopib ol avval,
Ko'zguga tikilmak chorasiz yumush,
O'zingni o'zingda topib ol avval!
Zohirdan botinga aylagil uzlat,
So'zingni riyodan chopib ol avval!
Ichingda musofir «men»ingni izlab,
O'zingni o'zingda topib ol avval!
Umring o'zligingga butkul teskari,
Poyingni o'n karra o'pib ol avval.
Samoga shoshilma qoʻlni choʻzgali...
O'zingni o'zingda topib ol avval!
Xayrulla Hamidov