UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
Hoy, menga besh kunga berilgan kulba,
Girdimda tovusdek tovlanma turfa.
Aqlim joyidadir, emasman telba,
Nechun ta’zim qilay senga, ey dunyo?
Kelib chiqishing-ku, asling bevafо,
Bahor, yozu qishing — fasling bevafо.
Diydoring g‘animat, vasling bevafо,
Nechun ta’zim qilay senga, ey dunyo?
Do‘stlik rishtasini bilmagan g‘anim,
Olib qololganing faqat losh tanim.
Axir… axir samolarda asl vatanim,
Nechun ta’zim qilay senga, ey dunyo?
Ey dunyo! Ko‘rkamsan, dilbar, kelishgan,
Lekin ulug‘ zotlar asling bilishgan.
Bobomga malaklar sajda qilishgan,
Nechun ta’zim qilay senga, ey dunyo?
Audio.shams
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
"Qachon onalar poklansa, keyin millat poklanadi"
*Husayn Buxoriy
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
"Olimning oʻlimi olamning oʻlimidir..."
Oʻzbekistonning oxirgi 100yillikdagi eng katta yoʻqotishlaridan biri Shayx hazratlarining oʻlimi boʻlsa kerak.
Buni yaxshiroq anglash uchun u kishini hyaot yoʻllariga bir nazar solishning oʻzi kifoya qiladi. Hazrat haqidagi kitoblar koʻrsatuvlarni oʻrganish davomida har doim bitta narsani oʻylayman "qanday qilib bitta odam shuncha narsaga ulgurishi mukin?, biz hatto oʻqib ulgurmayotgan kitoblarni yozishga qanday ulgurgan ekanlara".
Alloh kimningdir vaqtiga ilmiga baraka beraman desa hech gap emas ekan.
Shayx hazratlari 6 oyda 260dan ziyod kitob oʻqigan ekranlar
*Bizni himmatimiz juda pastlab ketyaptimikana?
Maqsad qoʻyish-ku mayli hattoki orzularimizda ham chegaralar borga oʻxshaydi, biz imkoniyatlarimizdan yetarlicha foydalanish tugul yetarlicha baholay olmayapmizham.
Odam qilgan ishni odam qila oladi lekin bazida odam qilmagan ishni ham boshqa bir odam qiladi qachonlardir biz oʻsha boshqa odam boʻlishga harakat qilishimiz kerak deyman-u lekin hali oʻzim odamlar qilgan ishniyam qilolganim yoʻq...
Har doimgidek gapirish oson eng qiyini amal qilish.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Зулмат ичра ўтирибман, қўлимда қалам,
Бўм-бўш хонам узра аланглаб ногаҳ.
Гоҳ ўзимни ҳаммадан гуноҳкор сезиб,
Гоҳо менга ётдай ҳар қандай гуноҳ.
Тилимдагин тескарисини ўйлайди дилим,
Манзилимга тескари танлаган йўлим.
Зулмат ичра ўтирибман қўлимда қалам,
Бирдан эшик қоқди, мен кутмаган ўлим...
© Муаллиф номаълум
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
O'ZLIK
Javonibga serma nigohing xomush,
Ko'zingni roʻyodan yopib ol avval,
Ko'zguga tikilmak chorasiz yumush,
O'zingni o'zingda topib ol avval!
Zohirdan botinga aylagil uzlat,
So'zingni riyodan chopib ol avval!
Ichingda musofir «men»ingni izlab,
O'zingni o'zingda topib ol avval!
Umring o'zligingga butkul teskari,
Poyingni o'n karra o'pib ol avval.
Samoga shoshilma qoʻlni choʻzgali...
O'zingni o'zingda topib ol avval!
Xayrulla Hamidov
Send as a message
Share on my page
Share in the group