Translation is not possible.
Ertadan keyin, Juma kuni hayit bayrami. Islom dinida nishonlanadigan yagona bayram, hayit bayramida hamma oilasi bilan birga boʻladi, shirin taomlar, shirinliklar yeyiladi, dasturxonlar bezatiladi. Hadiyalar beriladi, yangi liboslar kiyiladi.
Men esa yagona nishonlaydigan bayramimni yolgʻiz, bayramsiz, oilamdan uzoqda oʻtqazar ekanman.
Agar siz bayramni koʻngildagidek nishonlayotgan boʻlsangiz, judaham baxtli insonlardan ekansiz.
Men esa...
oʻylab qaralsa, buning ham yaxshi taraflari bor,
1. kelasi hayitlarim zoʻr boʻlsa, bu safargisini eslab, shukr qilaman.
2. dasturxon yozilmasa, idishlar ham yuvilmaydi, mehmonlar ham kutilmaydi, charchalmaydi.
kitob oʻqishga vaqt boʻladi.
mayli boriga baraka Alhamdulillah
Send as a message
Share on my page
Share in the group