#qaddi_kitob
Kitob: Ishonchli xabar
Muallif: Adham Sharqoviy
Boshlandi: 04.02.2026
Tugadi: 07.02.2026
Sahifalar soni: 302
#taqriz
"Zulmat degan narsaning o‘zi yo‘q, aslida. Zulmat bu nurning g‘oyib bo‘lishi xolos. Shamni yoq, zulmat o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ladi yoki hayotingni qorong‘ilikda o‘tkazishda davom etaver! Bu kitob zulmat aslida nurning yo‘qolishi ekaniga ishonadigan va shuning uchun zulmatni qoralab vaqt o‘tkazmasdan, buning o‘rniga o‘z shamlarini yoqib olgan insonlarga bag‘ishlanadi", muallif kitobning ilk sahifasida mana shu satrlarni yozadi. Asar kichik maqolalar jamlanmasidan iborat bo‘lib, maqola avvalida oyat, hadislar yoki hikoya keltiriladi va undan olinadigan xulosa hamda hayotimizda qanday qilib qo‘llasak bo‘ladi — shular haqida sodda, lekin qalblarga yetib boradigan usulda yoziladi. Kitob dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashga, dunyoni emas, o‘zimizni, fikrlarimizni o‘zgartirishga undaydi. Muallif o‘z maslahatlari bilan hayotda yashashni, odamlar bilan muloqot qilishni, hammani boricha qabul qila olishni o‘rgatadi.
Kitobning yozilish uslubi Adham Sharqoviyning boshqa asarlariga o‘xshaydi: sodda, tushunarli va shu bilan birga ta’sirli.
"Ishonchli xabar" va shu bilan birga muallifning boshqa kitoblarini barchaga, ayniqsa diniy (ilmiy) kitob o‘qisam zerikib qolaman, oxirigacha bora olmayman, yarmida tashlab qo‘yaman yoki tushunishga qiynalaman deydiganlar uchun tavsiya qilaman. Adham Sharqoviyning men o‘qigan kitoblarida oyat va hadislarni hozirgi kunda hayotimizga qanday tatbiq etishni hayotiy misollar bilan oson tushuntirgan.
(Asarlari asosan ruhiy tarbiyaga qaratilgan)