5 days Translate
Translation is not possible.
Bizning yurtlarda "ilohiylashtirilgan hokim" qiyofasi aksariyat yaloqi xodimlar tufayli. Ana o‘sha "baqlajonchilar" qarsak chalishdan boshqasini bilishmaydi, xalqni aldashdan oldin hokimning o‘zini aldagan bo‘lishadi. Agar rahbarlar o‘ziga chin maslahat beradigan, madaniyat bilan fikrini ifoda etadigan va chiroyli uslubda to‘g‘rilikka dalolat qiladigan odamni topganida, biz evazini to‘lagan va to‘layotgan qanchadan-qancha noto‘g‘ri qarorlar chiqmagan bo‘lar edi. Aslida xalq vakillari majlislari va maslahat kengashlari shu maqsadda tashkil etilmaganmidi?! Lekin ular, afsuski, ishlarga faqat shaxsiy foydalari tomondan qaraydilar. Hech bo‘lmasa, "Jim bo‘l, omon qolasan!" maslagi asosida ish olib borsalar ham mayli edi. Biroq ular faqat "Qarsak chal, foydalanib qol!" maslagi asosida ish yuritadilar.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group